https://ok.ru/videoembed/1544040090303
«Yaqinda viloyatimizda kuzatilgan tabiiy ofat ta'siri tumanimizga ham yetib keldi. Bunday vaziyatda hammamiz öz xohişimiz bilan haşar işlarida qatnaşdik. Ammo muassasamiz direktori Hotam Obloberdiyev muntazam şanbalik uyuştirib, bizni işlatib keladi. Haşar işlarida qatnaşmaganlarga çora körilişi bilan ogohlantirişadi. Biz tomonlarga kattalar kelsa, albatta muassasa atrofini tozalab qöyişimiz kerak.




Bugungi şanbalik ayniqsa, hammasidan oşib tuşdi. Kunning issiğida deyarli barça pedagog-murabbiylar majburan muassasa hududini tozaladik. Stadionda mehnat qilganlar asosan xotin-qizlar bölib, ularning orasida homilador kelinçaklar ham bor», dedi ma'lum sabablarga köra şaxsini oşkor qilmaslikni söragan sport murabbiysi.
Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Rustam Ergaşev bilan telefon orqali boğlanganimizda, hokimlik bunday holatlarga mutlaqo qarşi ekanligini ma'lum qildi. Xususan, mazkur holatga ham hokimlikning heç qanday aloqasi bölmagani, ularga bu haqda murojaat ham kelib tuşmagani haqida xabar berdi.
Şuningdek, muassasaning maxsus telegram guruhida ham direktor nomidan tez-tez majburiy mehnatga jalb qiliş holati aks etgan suratlar taşlab berildi. E'tiborni tortadigani, har safar vazir yoki boşqarma boşliğining taşrifi munosabati bilan bunday şanbaliklar uyuştirilgan. Sababsiz kelmaganlar intizomiy çora körilişi bilan ogohlantirilgan.


Kun.uz hamon kattalarning taşrifi oldidan xodimlar majburiy mehnatga jalb qilinayotgan uşbu holat böyiça mutasaddilardan javob kutadi.













