Zamonaviy dunyoda telefondan foydalanib, soniyalar içida millionlab pullarni bir manzildan ikkinçisiga köçiriş mumkin. Asrlar davomida esa insoniyat tasavvurida pul – metall tangalardan iborat bölib kelgan.
Pul insoniyat tarixi 3-ming yilligining ajralmas bölagi sanaladi. U ixtiro qilinişidan oldin esa odamlar özaro ayirboşlaş munosabatidan foydalanişgan.

Özaro ayirboşlaşda tovarlar bilan tovarlar yoki tovarlar bilan xizmatlar yoxud xizmatlar bilan xizmatlar ayirboşlangan. Lekin bunda ma’lum qiyinçiliklar va vaqt yöqotiş holatlari köp bölgan.
Masalan, kimdir bitta toşdan yasalgan bolta evaziga biror ovçidan mamontni otib berişini sörasa, ovçi haqiqatan ham, bitta bolta evaziga xizmat qilişi arzirli yoki yöq ekanini aniqlaşga vaqt ketgan.
Keyinçalik esa hali pul ixtiro qilinmay turib ham odamlar oson sotilişi mumkin bölgan buyumlardan, masalan, hayvon terisi, tuz va öq-dorilardan örtaça qiymatli ayirboşlaş vositalari sifatida foydalanişgan.

«Jarohatlovçi» tangalar
Taxminan miloddan avvalgi 770-yillarda xitoyliklar ma’lum turdagi buyum va qurollarni ayirboşlaş uçun ularning bronzadan yasalgan kiçik şakllaridan foydalanişgan. Biroq odamlar çöntaklaridan kiçik xanjar, belkurakni oliş paytida qöllarini jarohatlab olişi mumkin edi va tabiiyki, buni heç kim xohlamagan. Şuning uçun vaqt ötib, bu kabi bronza buyumçalar dumaloq şakldagi qulay tangalarga aylanib borgan.
Garçi birinçi tangalar (bronza şakldagi aylana jismlar) Xitoyda muomalaga kiritilgan bölsa-da, ilk tangalar tarixiy Lidiyada (hozirgi ğarbiy Turkiya) zarb etila boşlangan.
«Krezdek badavlat» ta’rifi kimga işora qiladi?
Birinçi tangalar tarixiy Lidiyadan (hozirgi ğarbiy Turkiya) unça uzoq bölmagan hududlardan topilgan.
Miloddan avvalgi 600-yillarda Lidiya qiroli Alyattes birinçi rasmiy tangani zarb ettirdi. Bu tangalar oltin va kumuş aralaşmasidan yasalgan va muhr bosilgan körinişda bölgan.















