Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani Dörmon yölidan ötgan magistral issiqlik quvurini kapital ta'mirlaş işlari amalga oşiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, bu 2020-2021 yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş işlari dasturi doirasida 19 iyundan 5 iyulga qadar röy beradi.

Şu munosabat bilan Dörmon yöli köçasining Ziyolilar va Mirzo Uluğbek köçalari kesişmasi oraliğidagi yölning bir tomonlama qatnov qismi avtomobillar harakati uçun vaqtinça yopiladi.
Haydovçilardan yuzaga kelişi mumkin bölgan tirbandliklarni oldini oliş maqsadida aylanma yöllardan foydalaniş söralgan.











