Şu yilning 16 iyul kuni Toşkent şahrining Dörmon yöli va Ğazalkent köçalari kesişmasida Onix avtomobili va YPX inspektorlarining uçta patrul mototsikli iştirokida sodir bölgan avariya qurbonlari soni oşdi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Onix haydovçisi 27 iyul kuni şifoxonada vafot etdi.
Öşa kuni mototsikldagilardan biri töqnaşuvdan keyin voqea joyida vafot etgandi. Yana tört kişi – ikki mototsiklçi, çorrahada navbatçilikda bölgan YPX xodimi hamda mototsikllar bilan töqnaşgan Onix haydovçisi şifoxonaga yotqizilgandi.
Qolgan uç kişining ahvoli yaxşilangan va ular umumiy bölimga ötkazilgan.
16 iyul kuni soat 18:30 larda 3 nafar yöl patrul xizmati inspektorlari patrullik mototsikllarida Dörmon yöli köçasi böylab harakatlanayotganida Ğazalkent köçasidan çorrahaga kirib kelgan Onix rusumli transport vositasi bilan töqnaşib ketgandi.
Tarmoqlarda mazkur YTH kortej kuzatuvi vaqtida sodir bölgani haqida taxminlar bildirilgandi. YHXX esa bu ma’lumotni rad etib, asossiz xabar tarqatmaslikni söragandi.
Holbuki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvda köriş mumkinki, çorrahada avtomobillar va piyodalar harakati huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tartibga solib turilgan. Qora rangli furgon va yana bitta şu rangdagi avtomobil katta tezlikda ötib ketgandan söng, yöl oçilib, harakatlanişga ruxsat berilgan. Svetoforda yaşil çiroq yongan va yengil avtomobillar harakatlanişni boşlagan, ammo bu vaqtda kortej töliq ötib bölmagandi.
Bu xabar fonida Özbekiston prezidentining davlat xavfsizlik xizmati raisi Alişer Usmonov işdan olindi.













