2023 yil 1-iyuldan boşlab, “Yevro-5” toifasiga mansub, ekologik talablarga javob beradigan AI-92 benzini va dizel yoqilğisini işlab çiqarişga kirişiş rejalaştirilgan.
“Farğona neftni qayta işlaş zavodi” MÇJ 2020 yilning 7 martida “Jizzakh Petroleum” MÇJ QKning işonçli boşqaruviga ötib, modernizatsiyalaş böyiça tasdiqlangan loyihaga muvofiq umumiy budjeti 300 million dollarga baholanadigan, mavjud işlab çiqariş quvvatlarni rekonstruksiya qiliş va yangi quvvatlarni barpo etişga kirişdi.
Energetika vazirligi xabariga köra, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 67-sonli “Farğona NQIZ” MÇJ quvvatlaridan samarali foydalaniş va zavodni modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, quyidagi ustuvor vazifalar belgilangan:
2023 yil 1-iyuldan boşlab, zamonaviy, “Yevro-5” toifasiga mansub ekologik talablarga javob beradigan AI-92 benzini va dizel yoqilğisini işlab çiqarişga kirişiş;
xalqaro standartlarga mos bölgan asos va motor moylarini işlab çiqariş uçun zavodning moy işlab çiqariş blokini modernizatsiya qiliş.

Korxonada 2020-2023 yillari davomida loyihalaş, jihoz va materiallarni xarid qiliş, xamda yuqori konsentratsiyali vodorod işlab çiqariş, yengil nafta izomerizatsiyasi, vakuum distillyatlari gidrokrekingi kabi yangi qurilmalarni quriş, sozlaş va işga tuşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, modernizatsiya dasturi doirasida mavjud bölgan dizel yoqilğisini gidrodesulfurizatsiyalaş qurilmasi, nafta-bloki qurilmalari, zamonaviy asos va motor moylari işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun moy işlab çiqariş bloki xamda suv va buğ ta'minoti tizimlarida rekonstruksiya işlari amalga oşirilib, mavjud katalitik tizimlari zamonaviylariga almaştiriladi.
Neftni çuqur qayta işlaş texnologiyalariga ega bunday zavodlarning aksariyatida gidrokreking jarayonining mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Neftni qayta işlaşni çuqurlaştiriş bilan birga, gidrokreking jarayoni korxonalar texnologik sxemasining moslaşuvçanligiga ta'sir körsatuvçi va işlab çiqarilayotgan tovar mahsuloti sifatini oşiruvçi asosiy jarayon hisoblanib, xomaşyoni qayta işlaş va mahsulot işlab çiqarişda yangi darajaga erişişga xizmat qiladi.











