Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati Toşkent şahrining Darxon mavzesida 5ta avtomobil YTHga uçragani haqida tarqalgan videolavha yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 19 iyun kuni soat 18:30larda, ayni transport vositalari serqatnov bölgan vaqt oraliğida, Toşkent şahar, Mirzo Uluğbek tumani, Mustaqillik şohköçasida, haydovçi Ş.A. boşqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli transport vositasida oraliq masofani saqlamasdan harakatlanib özidan oldindagi haydovçi B.A. boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasining orqasiga borib urilgan.

“Lasetti” zarb oqibatida özidan oldindagi haydovçi S.M. boşqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasiga, “Matiz” esa zarb oqibatida özidan oldindagi haydovçi Z.B. boşqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli transport vositasiga urilgan.

Şuningdek, haydovçi Ş.A. keskin tormoz bergan vaqtida ortidan bir yönalişda harakatlanib kelayotgan haydovçi J.O. “Neksiya-3” rusumli transport vositasining çap oldi tomoni bilan Ş.A. boşqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli transport vositasi orqasiga kelib urilgan.

Töqnaşuv natijasida tan jarohati olganlar yöq.

Mazkur YTH Toşkent şahar IIBB YHXB YPX xodimlari tomonidan tegişli tartibda hujjatlaştirilgan.

“Barça haydovçilardan yöllarda belgilangan oraliq masofani saqlagan holda harakatlanişlarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.