Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva palataning 5-yalpi majlisida şu haqda töxtalib ötdi.
«Hokimlik tuzilmasida işlaydigan mutasaddi rahbarlar noqonuniy qarorlar tayyorlab, hokimlarga imzoga berişgan. Mana, sudda 42 foizi [noqonuniy deb topilgan].
Eng açinarlisi, buning oqibatida xalqimiz aziyat çekmoqda, qançadan qança vaqt, qançadan qança asab, qançadan qança mablağ sarflanyapti», – deya Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq berilgan ma'lumotga köra, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida hokimlar çiqargan qarorlar yuzasidan sudlarda 552ta iş körilgan bölib, ularning 248tasi (45 foizi) qanoatlantirilgan.
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi örinbosari Şuhrat Çölliyevga köra, murojaatlar soni 10 foizga, hokimlarning qarorlarini haqiqiy emas deb topiş 3 foizga köpaygan.
Xususan, köplab holatlarda tuman va şahar hokimlari tomonidan yer uçastkalari qonunga zid ravişda olib qöyilmoqda.
«Eng muhimi, bunga huquqni muhofaza qiluvçi va boşqa davlat organlari tomonidan öz vaqtida munosib e'tibor berilmagan.
Mulkdorlarning mulki musodara qilinişi haqida ogohlantirişning 6 oylik muddatiga rioya qilmaslik, mulkçilik obekti uçun kompensatsiya mablağlarini tölamay yoki qiymati böyiça teng mol-mulkni taqdim etmay majburan çiqarib yuboriş odatiy holga aylangan», – degandi Şuhrat Çölliyev.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytişiça, 2019 yilda adliya organlari tomonidan davlat idoralarida 181ta noqonuniy hujjat töxtatib qolingan, 3000ga yaqin hujjat bekor qilingan.












