Ular sönggi yillar içida boşiga tuşgan körguliklarni Kun.uz muxbirlariga hikoya qilib berişdi. Hammasi ularning nohaq qamalişidan boşlangan.

«Denov avtoşohbekati» MÇJ kuzatuv kengaşi raisi Abdurahmon Fayziyevning aytişiça, u va MÇJ ijroçi direktori Hafiz Norboyev 2013 yilda MXX tergovçisi Nodir Töraqulov tomonidan uyuştirilgan soxta ayblovlar bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum etilişadi.

Bu ikki inson 3,5 yilça muddat panjara ortida umrini ötkazişgaç, nohaq qamalganlarini talab qilib murojaat qila boşlaşgan va nihoyat oqlov qarori çiqarilgan. Ular JIB Qaşqadaryo viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2018 yil 8 iyun kuni ajrimi bilan oqlanadi.

Oqlov hukmi çiqarilgaç, 2019 yil 15 oktyabrda JIB Surxondaryo viloyati sud ularni egallab turgan vazifasiga tiklaş borasida ham ajrim çiqaradi. Xatto, MIB tomonidan 2020 yil 18 mart kuni sud hujjati amalda bajarilgani töğrisida qaror ham qabul qilindi.

Abdurahmon Fayziyevning aytişiça, bular ozodlikdan mahrum etilgan davrda avtoşohbekat boşqaruviga kelgan, bugungi kunda vakolatsiz bölgan şaxslar — J.Daminov, A.Rahimov va A.Murodov ularning sud qarori bilan işga tiklanişi va iş boşlaşiga keskin qarşilik qilib kelişmoqda.

MÇJ ijroçi direktori Hafiz Norboyev bu yölda ular tomonidan öziga nisbatan suiqasd uyuştirilganini ham ta'kidlamoqda.

H.Norboyev va A.Fayziyev işga tiklanib, MIBning ijro işi tugatilgan kunning ertasi kuni — 2020 yil 19 mart kuni A.Fayziyevga nisbatan suiqasd uyuştiriladi. U ertalab soat 9:25 larda öz uyidan çiqib ketayotganida U.Murodov uning ustiga VAZ-2106 avtomaşinasini qasddan haydab urib ketadi. Oqibatda H.Norboyev tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qiladi va jami 50 kun (şifoxonada va uyida) davolanadi.