Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Los-Anjyelesning nufuzli tumanlaridan biri - Bel-Eyrda joylaşgan uyini 29 mln dollarga sotdi. Bir oy oldin Mask butun mol-mulkini sotişga tayyorligini bildirgandi. 

The Wall Street Journal naşrining xabar berişiça, uyni xitoylik milliarder va NetEase kompaniyasi asosçisi Uilyam Ley Din bilan boğliq kompaniya sotib olgan. 

Uy may boşida 30 mln dollar narx bilan sotuvga qöyilgan. Ta'kidlanişiça, uy sotilişi haqidagi e'londa u egasi tomonidan sotilişi aytilgan. Bu esa Mask uyni sotişda agent xizmatlaridan foydalanmaganini anglatişi mumkin.

May oyida Mask butun mol-mulkini, jumladan köçmas mulkini sotişi mumkinligini aytgan. “Men butun mol-mulkimni sotaman. Mening öz uyim ham bölmaydi”, deb yozgandi tadbirkor Twitter’da. 

Keyinroq u bu xabariga qöşimça bir neçta sirli tvitlarni qoldirgan. Jumladan, u “Ozodlik” deb qöşimça qilgan.

Mask uyni 2012 yilda 17 mln dollarga Canyon Capital Advisors xej-fondi asosçilaridan biri Mitçel Julisdan sotib olgan. Ta'kidlanişiça, bu tadbirkorning uşbu tumanda joylaşgan 6 ta köçmas mulk obektidan biri hisoblanadi. Uşbu obektlardan biri Maskning farzandlari uçun maktab sifatida qöllanadi.

7 ta yotoqxonaga ega uy 1990 yilda qurilgan va keyinçalik ançagina rekonstruksiya qilingan. Uy hududida 2 qavatli kutubxona, tennis korti, sportzal, suv havzasi, boğ va 5 ta avtomobilga möljallangan garaj mavjud.