Coronavirus2020.kz xabariga köra, 23 iyundan boşlab agar bolalarni uyda qoldiriş imkoni bölmasa, ota-onalardan biri masofaviy iş rejimiga ötişi kerak.
Umuman olganda, karantin davrida bolalarning umumiy sonidan atigi 20 foizi boğçalarga (davlat va xususiy) borgan. Körilayotgan çoralar bolalarning soğliğini saqlaş va infeksiya tarqaliş xavfini kamaytirişga qaratilgan.
“Bolalar boğçalarini qayta tiklaş şahardagi epidemiyaga boğliq böladi. Qattiq sanitariya me'yorlariga qat'iy rioya qiliş kerak: niqob taqiş, qöllarga antiseptik bilan işlov beriş, ijtimoiy masofani saqlaş”, - deyiladi xabarda.













