Vazirlar Mahkamasi tomonidan noşirlik va matbaa faoliyatini boşlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qiliş tartibi töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
Unga köra, 1 iyuldan boşlab noşirlik faoliyati uçun litsenziya, matbaa faoliyati uçun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Tasdiqlangan tartibga köra, endilikda tadbirkor noşirlik yoki matbaa faoliyatini boşlaganidan keyin 10 kun içida Davlat xizmatlari markazlari (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga xabarnoma yuborişi kifoya böladi.
Xabarnoma yuborilganidan keyin 1 iş kunida tasdiqnoma elektron körinişda xabardor qiluvçiga yetkaziladi.
Şu bilan birga noşirlik va matbaa sohasida amaldagi qonunçilik talablari saqlab qolinadi.










