Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 iyundagi 350-son qarori qabul qilinişi bilan Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasining Avtoraqam savdo tizimida avtoraqamlarning onlayn sotuvlarini keskin ösişi kuzatilmoqda.
Birja xabariga köra, joriy yilning 8-21 iyun kunlari avtoraqam.uzex.uz saytida jami 12,9 mlrd sömlik 4,3 mingta avtoraqamlar sotildi va bu yuqoridagi qaror qabul qilinişidan avvalgi mos davrga nisbatan 43 foizga köp.
Bunda sotilgan avtoraqamlarning soni böyiça ösiş 2,5 barobarni, xaridorlarining soni böyiça 3,3 marotabani taşkil qildi. Ötkazilgan auksionlar mobaynida bitta lotga örtaça 41 ta takliflar kelib tuşdi, ösiş 23,4 foizni taşkil qildi.
Avtoraqamlar böyiça savdolarning faollaşuvi birjaning onlayn-auksioni orqali sotiladigan röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari (RÖDRB) toifalarining kengayişi, şuningdek, ularning ba'zilarining boşlanğiç narxlarining pasayişi bilan boğliq ekani aytiladi.
Toşkentda harflar kombinatsiyasi bir xil bölgan avtoraqamlarning boşlanğiç qiymati 50 BHMdan (bazaviy hisoblaş miqdori) 40 BHMgaça, va mos ravişda har xil kombinatsiyali avtoraqamlarning narxi 40 BHMdan 30 BHMgaça pasaytirilgan.












