Sergeli tumani hududidagi 13ta mahalla fuqarolar yiğinlari hududlarini töliq hamda 6 ta mahalla fuqarolar yiğinlari hududining bir qismini yangi taşkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida tegişli hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Unga köra, Sergeli tumanidagi Al-Farğoniy, “Viqor”, “Çorboğ”, “Yorqin hayot”, “Yöldoş”, “Çaroğon”, “Döstlik”, “Navqiron”, “Olçazor”, “Taşabbus”, “Yangi umid”, “Yangi Çoştepa”, “Humo” mahalla fuqarolar yiğini töliq va “Daryo böyi”, “Qipçoq”, “Sofdil”, “Past darxon”, “Jönariq”, “Çoştepa” mahalla fuqarolar yiğinlari hududlarining bir qismi ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasining “Özbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuziliş masalalarni hal etiş tartibi töğrisida”gi Qonuniga muvofiq mazkur mahalla fuqarolar yiğinlarini yangi taşkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga ötkaziş böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligini oliş maqsadida Toşkent şahar hokimligiga taklif kiritiladi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yil 29 may kuni Toşkentning Sergeli tumaniga taşrifi çoğida poytaxt hokimligiga töğridan-töğri böysunadigan Yangihayot kiçik tumanini taşkil etişni taklif qilgandi.













