Oğir jarohatlangan, töqqizta suyagi singan ayol uç marta operatsiyani boşdan ötkazadi. Ahvol oğirligi uçun uç oydan ziyod vaqt davomida jonlantiriş bölimida yotadi. Keyingi beş oy davomida töşakda yotib qolgan. Ayolni turmuş örtoği oylar davomida şifoxonama-şifoxona olib yurgan.

Bir odamning qonunbuzarligi boşqa bir oilani qiyin ahvolga solib qöygan. Uzoq davom etgan muolajalardan söng N.T tirik qoladi, lekin özi bilan özi bölib qolgan oilaning haq-huquqlari tölaligiça himoyaga olinmaydi.

Xususan, jabrlanuvçining turmuş örtoği A.T. jinoyat işlari böyiça Qöşrabot tumani sudining mazkur iş yuzasidan çiqargan hukmidan norozi bölib, Samarqand viloyat jinoyat sudiga apellyatsiya tartibida şikoyat kiritadi. Sababi, dastlabki sud hukmida yuqoridagi voqealar oqibatida moddiy zarar körgan jabrlanuvçiga zararni undirib beriş belgilanmagan va bu borada fuqarolik sudiga murojaat qiliş huquqi tuşuntirilgandi.

2020 yil 24 yanvarda esa viloyat jinoyat sudi tomonidan körilgan sud işida jabrlanuvçiga 28 million 810 ming söm moddiy zarar undiriş belgilangan. Biroq, şundan keyin ham oradan qariyb beş oy ötişiga qaramasdan jabrlanuvçiga heç qanday zarar undirilmagan.

Kun.uz muxbirlari Qöşrabot tuman majburiy ijro bölimida bölganida, bölim tomonidan 2020 yil 24 yanvardagi sud hukmiga asosan undiruv böyiça ijro işi yuritişni qözğatiş haqida qaror çiqarilgani ma'lum qilindi. Javobgarga 15 kunlik ixtiyoriy muddat ham berilgan. Ammo, mablağ tölanmagaç, majburiy tarzda undiruv ham amalga oşmagan. Şunday keyin ham haligaça belgilangan mablağning undirilmaganini tuman majburiy ijro bölimi xodimlari javobgarning biror-bir mol-mulki yöqligi bilan izohlaydi.

Nihoyat, 2020 yil 27 aprelda tuman majburiy ijro bölimi tomonidan «Avtotransport vositasini qidiriş töğrisida» qaror çiqariladi. Ammo şundan keyin ham maşina topilmaydi.

Biroq, öşa «topilmaydigan» maşinani javobgar har kuni köçada bemalol boşqarib yurişi oğir ahvoldagi bemor va uning yaqinlarida tegişli taşkilotlarga nisbatan işonçsizlik uyğotadi.

«Mast holdagi, oldingi jinoyati uçun avtomobil boşqariş huquqi olib qöyilgan, tezlik me'yorlariga ham qaramagan odam yöl çetida turgan ayolimni urib, nogiron qilib qöydi. 9 oydan oşdiki, ayolimning hayoti uçun kuraşaman, takror-takror operatsiyalar ötkaziladi, sarson-sargardon bölamiz, bor budimizdan ayrilamiz-u, aybdor odam köçamizda xuddi şu maşinasida tarallabedod qilib yursa, kimga işonişni ham bilmay qolarkansan.

Holbuki, u sud hukmiga köra, moddiy zararni qoplaşi, axloq tuzatiş işlariga jalb etilişi, muayyan huquqlardan mahrum qilinişi kerak edi. Agar zamon zörniki bölmasa, biz şu ahvolga tuşarmidik? Xöp, bir neça oydan keyin MIB tomonidan maşina qidiruvga berilibdi. Axir men özim borib maşinani topib berdim-ku, yana nima qiliş kerak?», deya jiğibiyron böladi navbatdagi operatsiyaga tayyorlanayotgan jabrlanuvçining turmuş örtoği A.T.