“Biofizikaning Özbekistondagi asosçilaridan biri, dunyo miqyosida tanilgan yirik olim, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Toşmuhamedov 85 yoşida olamdan ötdi.

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Bekjon Toşmuhammedovning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi”, - deyiladi xabarda.

Bekjon Toşmuhammedov 1935 yil Toşkentda tuğilgan, biolog-biofizik olim. Özbekiston FA akademigi. 

Atoqli yozuvçi Oybekning öğli bölgan Bekjon Toşmuhammedov Moskva universitetining biologiya-tuproqşunoslik fakultetini tugatgan. ToşDUda kiçik ilmiy xodim, biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti, Özbekiston FA yadro fizikasi va Biokimyo instituti biofizika laboratoriyasi mudiri bölib işlagan.

Şuningdek, u ToşDU biofizika va atrof muhit muhofazasi kafedrasi mudiri, Özbekiston FA Fiziologiya institutida direktor, bölim boşliği, Özbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, Özbekiston FA Prezidiumi a'zosi bölgan.