Özbekiston Fanlar akademiyasining a'zosi, biofizik olim Bekjon Toşmuhammedov prezident Şavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat, fan va xavfsizlik masalalari töğrisida söz yuritdi.
Bekjon Oybekoviç Toşmuhammedov 1935 yil 27 yanvarda Toşkent şahrida tuğilgan. 1958 yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. 36 yoşida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va Toşkent davlat universitetining biologiya va biofizika kafedrasi professori bölgan. 1975 yilda Berlindagi Gumboldt universitetida, 1978 yilda Merilend universitetida (AQŞ, Baltimor) ilmiy amaliyot ötagan.
U öz davrida Kembrij universitetida (Buyuk Britaniya) ilmiy faoliyat bilan şuğullangan. Yaponiya Fanlar akademiyasining Umumiy fiziologiya institutida taklif etilgan professor sifatida işlagan. 1985 yilda "Neyrotoksinlar asab impulslari generatsiyasining molekulyar mexanizmlarini örganiş vositasi sifatida" turkumidagi ilmiy işlari uçun SSSR Davlat mukofoti laureati bölgan.
Uzoq vaqt Özbekiston Fanlar akademiyasining biologiya bölimi mudiri va Fanlar akademiyasining Fiziologiya instituti direktori bölib işlagan.
- Intervyu berişga rozi bölganingiz uçun taşakkur. Avvalo, Özbekistondagi vaziyat, Özbekiston prezidenti boşçiligida amalga oşirilayotgan islohotlarni qanday baholaşingiz töğrisida söramoqçi edim.
- Biz tez özgaruvçan davrda yaşayapmiz va mening yoşimda barqarorlik köproq xohlansa-da, ammo bugungi kunda mamlakatimizda bölayotgan barça özgarişlardan juda mamnunman. Axir, yillar davomida töplanib qolgan muammolar birinçi marta öz yeçimini topa boşladi.
Töğri, hammasi tekis ketmayapti. Prezidentning özi mavjud kamçiliklarni tan olmoqda. Ammo eng muhimi, hukumat xalq bilan muloqot örnatdi. Söz erkinligi va diniy erkinlik, inson huquqlari endi jamiyatimiz uçun mört söz emas. Bugungi kunda odamlarning manfaati şunçaki navbatçi sözlar emas - bu siz va bizning voqeligimiz.
Va xalq ana şunday yaşaşga odatlanmoqda va buning aksini tasavvur ham qila olmaydilar. Biz uzoq, çuqur va qörqinçli uyqudan uyğonganimiz oydinlaşdi.
Menimça, biz yaqindagina hukumat öz oilalarini taşlab, iş izlab ketgan beçora muhojirlarni haqoratlaşga yöl qöyganligini unutib yubordik. Biz Özbekiston haqidagi yangiliklarni çet el matbuotidan öqiganimizni yoddan çiqardik. Atigi uç yil avval BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Özbekistonda jonli efirda matbuot anjumani ötkazişini tasavvur qilişning iloji yöq edi.
















