Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Qonunçilik palatasi spikeri N.Ismoilov, boş vazir Abdulla Aripov va boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev akademik vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi.

«Özbekiston ilm-fani oğir judolikka uçradi.

Taniqli olim, biofizika fanining Özbekistondagi asosçilaridan biri, akademik Bekjon Toşmuhamedov 85 yoşida vafot etdi.

Bekjon Toşmuhamedov 1935 yil 27 yanvarda Toşkent şahrida tuğildi. 1958 yili Moskva davlat universiteti va uning aspiranturasida tahsil oldi. 1962 yili  nomzodlik, 1971 yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1987 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi etib saylandi.

Mehnat faoliyatini 1962 yili Toşkent davlat universitetida (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) kiçik ilmiy xodim sifatida boşladi. Özbekiston Milliy universiteti dotsenti, kafedra mudiri, Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika instituti direktori, Respublika Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, Fanlar akademiyasi Prezidiumi Biologiya fanlari bölimi raisi, Biokimyo instituti biofizika laboratoriyasi mudiri, Özbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti boş ilmiy xodimi lavozimlarida samarali xizmat qildi.  

B.Toşmuhamedov biofizika, hujayra fiziologiyasi va tabiatni muhofaza qiliş böyiça yirik tadqiqotçi sifatida tanilgan olim edi. Uning biofizika maktabini dunyoga tanitişda muhim ahamiyatga ega bölgan dolzarb mavzulardagi ilmiy maqola va tadqiqotlari, risola va monografiyalari yurtimiz va çet el ilmiy jamoatçiligi örtasida e'tibor qozondi.

Olim hujayra membranasiga ta'sir qiluvçi faol moddalarning tadqiqoti böyiça Özbekistonda ilmiy markaz yaratdi. Xalqaro miqyosda keng e'tirof etilgan uşbu markazning biofizika laboratoriyalarida Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Arab mamlakatlari, Polşa va boşqa davlatlardan izlanuvçilar kelib tadqiqot işlarini amalga oşirdilar.

B.Toşmuhamedov AQŞ, Angliya, Germaniya, Fransiya, Şvetsiya, Daniya kabi mamlakatlarning bir neça xalqaro ilmiy markaz va akademiyalarining faxriy a'zosi edi.

Jonkuyar olim köplab iste'dodli yoşlarga ustozlik qildi. Uning rahbarligida önlab fan doktorlari va fan nomzodlari yetişib çiqdi.

Akademik B.Toşmuhamedovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U Beruniy nomidagi Özbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga va «Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi» unvoniga sazovor bölgan edi.