Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibatov 21 iyun kuni tuman aholisiga murojaat qilib, tumanning bir fuqarosi 20 iyunda koronavirusdan vafot etganini ma'lum qildi.

https://ok.ru/videoembed/1547803757247

Şu boisdan hokim Ibatov denovliklarni koronavirus infeksiyasidan saqlaniş uçun örnatilgan talablarga rioya qilişni söradi.

Hokimning aytişiça, koronavirusdan vafot etgan marhum bilan muloqotda bölgan 187 nafar fuqaro karantinga olingan. Ulardan 6 nafarida COVID-19 kasalligi aniqlangan, yana bir neçta fuqaro kasallikda gumon qilinmoqda.

Uşbu videolavha Denov tumani hokimligining Telegram kanalida e'lon qilinib, söngra öçirib taşlandi.

Kun.uz muxbiri masala yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirining matbuot kotibi, jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayev bilan boğlanganida, u bu faktni tasdiqlamadi.

SSV koronavirusdan ölim holati haqida sönggi marta 10 iyun kuni ma'lumot bergan edi. Öşanda 27 may kuni Sankt-Peterburgdan charter reys orqali Özbekistonga kelgan va karantin markazida tibbiy kuzatuvga olingan samarqandlik A. pandemiya qurboni bölgani aytilgan, bu bilan Özbekistonda koronavirus yuqtirib vafot etganlar soni 19 nafarga yetgan edi.

20 va 21 iyun kuni Soğliqni saqlaş vazirligining jamoatçilik bilan aloqalar bölimi tomonidan tayyorlangan ma'lumotlarda ham Surxondaryo viloyatida koronavirusning yangidan yuqiş holatlari qayd etilgani ma'lum qilinmagan.

Vazirlik sönggi marta 17 iyun kuni Surxondaryoda aholi örtasida 6 nafar — karantin markazida 4 nafar va aholi örtasida 2 nafar kişida yangi yuqtiriş holati aniqlangani haqida xabar bergan.