Zangiotalik tadbirkorlarning murojaatini örganiş maqsadida tumanning Oybek mahallasi A.Nabiyev köçasida qurilayotgan istirohat boğida böldik.

Ma'lum bölişiça, boğ joylaşgan yerda 9 nafar tadbirkorga tegişli noturar-joy binolari: issiqxona va işlab çiqariş sexlari bölgan. 2019 yil yil Eshonguzar qörğoni boş rejasiga asosan mazkur hududda istirohat boği qurilişi uçun tadbirkorlarga tegişli mulklar Vazirlar Mahkamasining 97-sonli qaroriga zid ravişda buzib taşlangan.

«Şu yerda iş faoliyatimizni yurğizar edik. Bir yil oldin kelişib, binolarimizni buzib taşlaşdi. Kompensatsiya pulini ham berişmadi. Vaqt ham berişmadi. Elektr simlarini uzib, iş faoliyatimizni töxtatib, bizni rozi qilmasdan buzib taşlaşdi.

Kompensatsiya örniga berilgan yerga tuman hokimining qarori çiqqan. Lekin Toşkent viloyat hokimligi 1 yildan beri tasdiqlab bermayapti. 1 yildan beri heç qanday iş qila olmayapmiz. Bergan yerini ham işlata olmayapmiz, 4,5 milliard söm kompensatsiya pulini ham tölab berişmayapti.

Kompensatsiya örniga bergan yerga bir yildan beri soliq ham tölayapmiz, lekin foydalana olmayapmiz. Köp joylarga murojaat qildik. Afsuski, natija yöq. Bizga viloyat hokimligi yerimizni tasdiqlab berişsa, iş faoliyatimizni boşlar edik», – deydi tadbirkorlardan biri Ikrom Isroilov.

Qolgan tadbirkorlarda ham xuddi şunday holat. Belgilangan tartibga zid ravişda mulklari buzib taşlangan.

Ajablanarlisi şundaki, 9 nafar tadbirkorga olib qöyilgan yerlari örniga Qatortol qişloği Navröz massivi hududidan yer maydoni ajratiş töğrisida tuman hokimining qarori çiqqan. Lekin qarorning 3-bandiga: «Uşbu qaror tasdiği Toşkent viloyati hokimidan söralsin» deb kiritib qöyilgan.

Afsuski, 1 yildan beri Toşkent viloyat hokimligi uşbu qarorni tasdiqlab bermagan.

Tadbirkorlar öziga ajratilgan yerda quriliş işlarini boşlaşi bilan tuman prokuraturasidan kelib töxtatib qöyilgan. Yer böş turmasligi uçun tadbirkorlar ajratilgan yerga makkajöxori ekib qöyişgan. Lekin bu ekinning ham «egasi» çiqib qolişi mumkin. Xullas ikki hokimlik örtasida tadbirkorlar sarson-sargardon…