
Taqdimotda uni tayyorlaşda qatnaşgan guruh vakillari - Davlat tilini rivojlantiriş departamenti xodimlari, Fanlar akademiyasi olimlari, tilşunos hamda adabiyotşunoslar iştirok etdi va fikrlarini bildirdi Xususan, Davlat tilini rivojlantiriş departamenti rahbari Abduğaffor Qirğizboyev luğatni tayyorlaş va uning ahamiyati haqida gapirdi.
«Luğatimiz juda köp olimlarning birgalikda qilgan mehnat mahsuli. Uni tayyorlaşda mutaxassislar juda kiçik jihatlarni ham közdan qoçirmaslikka harakat qildi. Masalan, dizayn, qoğoz sifati, harflar şrifti, umuman, barça-barçasi inobatga olindi. Beş tomli bu luğat faqat Özbekistonda emas, balki undan taşqarida yaşayotgan til jonkuyarlari uçun ham amaliyotda foydalanişga kerakli qöllanma.

Hozir dunyo miqyosida 50 milliondan ortiq kişi özbek tilida gaplaşadi. Yer yuzida jami 7 mingdan ortiq til bor. 7,5 milliard kişi muloqot qiladigan bu tillarning bor yöği 1 foizi, ya'ni, 70ta tilda dunyoning 90 foiz aholisi muloqot qiladi. Özbek tili ham dunyo aholisi köp gaplaşadigan tillar qatorida va u 1 foizni taşkil qiladi», deya departament rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Toşkent davlat pedagogika universiteti rektori Alişer Umarovning sözlariga köra, uşbu luğat bilan bir vaqtda mobil luğatlarni rivojlantiriş ham muhim hisoblanadi.
«Yana bir jihatga e'tiboringizni qaratmoqçiman. 2006-2008 yillarda 80 mingdan ortiq sözni öz içiga olgan beş tomlik luğat yaratildi. Uning elektron şakli internet tarmoğiga joylaştirildi.

An'anaviy kitob tarzida çop qilingan luğatlardan foydalaniş öziga xos murakkabliklarni keltirib çiqaradi. Öquvçi, talaba uni hamma vaqt özi bilan olib yurolmaydi. Uning uyali aloqa vositasida joylaştirilgan PDF-formatidan foydalanganda sözni qidirib topiş ma'lum vaqt talab qiladi. Demak, bugun axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir paytda luğatçilik bilan şuğullanayotgan mutaxassislar oldida mobil luğatlar yaratişdek dolzarb vazifa turibdi.

Şu örinda aytmoqçimanki, gap faqat izohli emas, balki ikki tilli, köp tilli tajima luğatlari haqida ham boradi. Bugungi kunda yoşlar luğat, ayniqsa kitob şaklidagi luğatdan foydalanişni, oçiği, yaxşi bilmaydi. Demak, yana bir vazifa –luğat darslarini taşkil qiliş, luğatdan foydalaniş könikmalarini rivojlantirişdan iborat», dedi u.















