Avtobor.uz avtomobil savdosiga doir köça iboralarining izohli luğatini taqdim etdi. Quyida uşbu ma'lumotlarni siz bilan bölişamiz.

Suyagi butun – kuzovning ayrim qismlari böyalgan, ammo maşina qattiq zarb yemagan.

Pyatnosi bor —  kuzovining ozgina joyi böyalgan.

Toza – maşina böyalmagan, urilmagan.

Tozzza – maşina tomoşa qilsa arzigulik holatda.

Et-betida kraskasi bor – böyalgan joyi böyalmaganidan köp.

Bölişi (narx haqida) – oxirgi narx aytildi, ammo yana biroz savdolaşsa böladi.

Ttaqalgani – bundan kamiga sira iloji yöq.

Variantga – bir neça oy yoki yil davomida bölib-bölib tölaş şarti bilan xarid qiliş.

Zazor – örtada turgan kişi maşina egasidan balandroq narx aytmoqda.

Full – gidravlika, oynakötargiçlar, ABS, konditsioner. Şu kabi qöşimça qurilmalar soni oşib boradi.

Polniy full – zavoddan çiqqandagi barça funksiyalari soz holda. Asosan, xaridorni işontiriş uçun qöllanadi.

Navarot – avtomobil egasi qöşimça optsiyalar örnatgan, ammo zavodniki emas.

Ayol kişi haydagan – maşina ehtiyotlab minilgan. Asosan, xaridorni işontiriş uçun qöllanadi.

Zapaskasi tuşmagan – ehtiyot ğildiragidan hali foydalanilmagan, ya'ni maşina ehtiyotlab haydalgan.

4 ta yangi kalişi bor – törtala ğildiragiga ham yangi şina kiygazilgan.