Romitanda tadbirkor gaz muammosi tufayli korxonasini 5 yildan beri işlata olmayapti. Hokim unga tört taklif berdi
|16:43 / 26.06.202020 1058 min
Buxoroga safarimiz davomida biz uçun eng jiddiy, muhim murojaatlardan biri şu edi. Çunki gap bu yerda «yiliga bir neça million AQŞ dollariga teng eksport qilaman», degan tadbirkor haqida bormoqda. Arizada yozilişiça, unga adolatsizlik qilingan, faoliyatiga tösqinlik bölgan.
Romitan tumanida joylaşgan «BUXORO QORAKÖLI ĞAYRAT» MÇJ rahbari Qurbon Safarov bizni bugun faoliyati töxtab, taşlandiq holatga kelib qolgan korxonasi bilan taniştiriş uçun olib bordi. Tumanning «Ötabek» mahallasida joylaşgan uşbu sex abgor holatda. Hovli yantoqzor, uskunalar işlamay eskirib boryapti, binolar nurayapti. Bu yerda tadbirkorning şaşti va rejalarigina eskirmagan, xolos.
«2005 yilda tuman hokimiga murojaat qilib, «Ötabek» mahallasidan yer oldim. Öşa yerda hamkor investorlar bilan birgalikda Qoraköl teri xomaşyosini qayta işlab, qişloq aholisidan yuzga yaqin yoşlar bandligini ta'minladim. Quriliş-montaj işlariga 1 mln 35 ming AQŞ dollar sarfladik.
«Romitangaz» korxonasi bilan jamiyatimiz örtasida 2014 yil 1 mayda 54-sonli şartnoma imzolangan bölsa-da, 2015 yil aprelidan tabiiy gaz yetkazib berişni butunlay uzib qöyişdi. Natijada, sexlarimizda iş töxtadi. Işlanayotgan xomaşyo buzilib, qorayib qoldi. Şu sababli investorlar bilan 3 mln AQŞ dollarga yaqin ikki va uç tomonlama imzolangan tolling va oldi-sotdi şartnomalar majburiyatini bajarolmay qoldik. Işçilarim işsiz qoldi, men esa katta zarar kördim», deydi Qurbon Safarov.
Şundan söng «BUXORO QORAKÖLI ĞAYRAT» MÇJ rahbari korxonani yana oyoqqa qöyiş uçun harakat boşlaydi.
Şu maqsadda bir neça marta tuman gaz idorasiga murojaat qiladi, naf bölmaydi. 2018 yil 8 oktyabrda Romitan tuman prokuraturasi ham tadbirkorning işini rad qiladi. Öşa yilning 26 oktyabrida Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudiga da'vo arizasi kiritiladi. 4 dekabr kuni bölib ötgan sud qarori ham Qurbon Safarovning zarariga xizmat qiladi, u yutqazadi. Tadbirkor töxtamaydi.
Sud qaroridan norozi bölib, Boş prokuraturaga, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasiga bir neça martalab iltimosnoma, talabnoma mazmunida xat jönatadi. Ammo masala tuman prokuraturasiga kelganda, yana töxtab qoladi. Romitan prokuraturasi sönggi marta 2020 yilning 7 fevralida yana bir marta tadbirkorning işini rad qiladi.
Mavzuga oid
Biroq tadbirkor töxtamaydi, hozir ham töxtagan emas. «Ötabek» mahallasida faoliyatini davom ettiriş ahdida turaveradi. Öziga tabiiy gaz yetkazib berilişini talab qilaveradi.
«Joriy yilning 5 martida Boş prokuror N.Yöldoşev bilan videokonferensiya orqali muloqot qildim. U kişi menga rasman javob berilişini ma'lum qildi. Ammo mana, yana uç oy ötdi, menga javob berilmadi», deydi Q.Safarov.
Qurbon Safarovga sud qarori ham uning foydasiga hal bölmaganini eslatdik. Yöq, «hammasi bir yoqlama körildi», deb turib olgan.
Faoliyati töxtab qolgan sex holatiga qarab, «Siz şu yerda işlab çiqarişni davom ettira olasizmi? Sanoat muhiti bölmagan çekka joyda qanday işni yölga qöymoqçisiz», deb söradik. «Men şu sohaga umrimni sarfladim. Ilmim, tajribam yetarli. Yoşimga qaramang, yuragim yonib turibdi, işlasam deyman. Agar hozir menga tabiiy gaz yetkazib berilsa, bir yilda 10 million AQŞ dollargaça eksport qila olaman», deydi Q.Safarov.
Şu örinda bir holatni aytib ötmasak, insofdan bölmaydi. Ayni vaqtda tadbirkor talab qilayotgan öşa tabiiy gaz hududda yaşayotgan aholiga ham yetkazib berilmayapti. Sodda qilib aytganda, «Ötabek» aholisi suyultirilgan gaz iste'molçisiga aylanganiga ham bir neça yil böldi.
Savol tuğiladi: aholiga yetib bormayotgan tabiiy gaz qanday qilib tadbirkorga yetkazib berilsin? Qurbon aka «Korxonam bilan «Romitangaz» örtasida şartnoma bor. Şu hujjatdagi talablar buzilyapti, sexim yana işlab ketsa, mahallaning yoşlarini işga olaman-ku, baribir şu yerdagilarga foydam tegadi», deya vaziyatni izohlayapti. Xullas, har kimning öz haqiqati bor.
Tan olaylik, bugun hokimlar siyosatiga, faoliyatiga ularning zamonaviy dunyoqaraşi, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşi, eksportga qöşayotgan hissasi bilan baho berilyapti. Xöş, nega unda Romitan tumani hokimi bu tadbirkorni qöllab-quvvatlamayapti? Axir eksport qilaman, mehnatdan qoçmayman, deb turgan tadbirkor bölsa?
Romitan tumani hokimi X.Tohirovga şu kabi savollarimizni berdik.
«BUXORO QORAKÖLI ĞAYRAT» MÇJ rahbari Qurbon Safarov bilan bir neça marta gaplaşganman. U kişi bilan boğliq bölib turgan muammodan töla xabarim bor. Ammo bir haqiqatni tan olaylik: Qurbon akaning korxonasi joylaşgan hudud aholisiga ham tabiiy gaz yetib bormayapti.
Boş vazir örinbosari tomonidan 2013 yil 18 martda tasdiqlangan «Respublika gaz ta'minoti tizimini 2013–2015 yillar davomida istiqbolli rivojlantiriş va mavjud tizimni yanada takomillaştiriş Dasturi»ga asosan 2014 yildayoq «Ötabek» aholisi ham ogohlantirilgan va suyultirilgan gazga ötgan. Qolaversa, sudda ham Qurbon akaning da'vosi rad etilgan.
Ammo bu bilan tadbirkorning muammosi mutlaqo yeçimsiz, deyişga haqqim yöq. Men u kişiga özim bir neçta takliflarimni berganman va hozir ham şu takliflarim öz kuçida turibdi.
Birinçidan, «BUXORO QORAKÖLI ĞAYRAT» MÇJni Romitan-2 sanoat nuqtasiga köçirişni taklif qildim. Korxona uşbu hududga köçirilsa, tadbirkor kerakli miqdordagi quvurlarni olib beradi, tuman gaz filiali boşçiligida montaj işlari homiylik asosida qilib beriladi.
Ikkinçidan, ayni vaqtda sexga ulanadigan sanoat nuqtasi 11,5 km uzoqlikda joylaşgan bölib, şu yaqin hududda faoliyat yuritayotgan «Zamon» MÇJ ğişt işlab çiqariş korxonasi tomonidan 7 km masofaga gaz trubalari tortib kelingan. Qolgan 4,5 km masofani şerikçilik asosida tortib kelişi böyiça taklif berdik.
Uçinçidan, agar sex sanoat hududiga köçirilmagan taqdirda, öşa joyning özida muqobil yoqilği (kömir, mazut) asosida işlaydigan kotyollar işlatilişi ham mumkin. Bu böyiça ham özim yordam beraman.
Törtinçidan, tadbirkorga öz faoliyatini davom ettirişi uçun tumandagi sanoat korxonalari yaqinidan gaz bosimi yaxşi bölgan hududdan yer maydoni ajratişni taklif qilganman.
Qurbon aka istagan taklifimizni qabul qilsin. Işlayman, tadbirkorlik qilaman, degan odam özimizga ham kerak. Men u kişini qöllab-quvvatlaşga tayyorman», deydi Romitan tumani hokimi X.Tohirov.
Oçiği, ikki tomon ham özini haq, deb turgan vaziyatda kimgadir yon bosişdan yomoni yöq. Aynan bu yerda kimning haq ekanligi haqidagi xulosani öquvçiga qoldirganimiz ma'qul.
Ammo tan oliş kerak, vaqt avvalo Qurbon akaning zarariga işlayapti. U ötgan beş yil davomida özining ta'biri bilan aytganda, nafaqat daromaddan quruq qolyapti, balki işga bölgan iştiyoqi ham sönib boryapti. Agar sanoat hududida tasavvurimizdagidek, ya'ni, suv, gaz, elektr ta'minoti, transport xizmati kabi masalalar közda tutilgan bölsa, tadbirkorning öşa hududga köçişi faoliyati uçun har tomonlama qulaylik yaratgan bölardi.