Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining ma'lum qilişiça, Uzcard – «Yagona umum respublika protsessing markazi» MÇJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uçun komissiya tuziş bilan boğliq hisob-kitob materiallarini töliq taqdim etmagani sababli örganiş jarayoni 55 kundan beri yakuniga yetmayapti.
«Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bozorda ustun mavqega ega bölgan «Yagona umum respublika protsessing markazi» MÇJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uçun komissiyasini örnatilişining maqsadga muvofiqligini örganiş böyiça öz işini davom ettirmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan tovar bozorida sotiladigan mol (iş, xizmatlar) uçun monopolistik jihatdan yuqori va monopolistik jihatdan past narxlarni aniqlaş tartibi töğrisidagi Nizomga asosan Qömita tijorat banklariga tegişli onlayn omonat xizmatlari uçun komissiya tuzişga tegişli hisob-kitob materiallar va asoslarni talab qildi.
Unga köra, bugungi kunga kelib «Yagona umum respublika protsessing markazi» MÇJdan Qömita tomonidan söralgan tegişli ma'lumotlar töliq berilmagani sababli, örganiş muddatini çözilişiga sabab bölmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, agar, «Yagona umum respublika protsessing markazi» MÇJ tomonidan söralgan ma'lumotlar taqdim etilmasa, Özbekiston Respublikasining “Raqobat töğrisida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan, mazkur xöjalik yurituvçi sub'yektning ma'muriyati ma'muriy javobgarlikka tortilişi mumkin», deyiladi qömitaning rasmiy saytida e'lon qilingan xabarda.
Eslatib ötamiz, şu yilning 3 may kuni Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bozorda ustun mavqega ega bölgan «Yagona umum respublika protsessing markazi» MÇJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uçun komissiyasini örnatilişining maqsadga muvofiqligini örganayotganini ma'lum qilgan edi.
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan 104 ta xöjalik yurituvçi sub'yektlarni öz içiga olgan
















