Reuters axborot agentligining xabar berişiça, Martin uçun parlamentning 93 a'zosi ovoz bergan, 63 a'zosi qarşi çiqqan. Uçta partiya örtasida tuzilgan koalitsiyaviy kelişuvga köra, 2,5 yildan keyin Martinni boş vazir lavozimida Fine Gael partiyasi yetakçisi Leo Varadkar almaştiradi. Undan keyin uşbu lavozimni “Yaşillar partiyasi” yetakçisi Imon Rayan egallaydi.   

“Irlandiya respublikasi boş vaziri etib saylaniş men uçun ulkan faxrdir. Men javobgarlikning katta yukini his qilmoqdaman va millatimizning ulkan salohiyatini röyobga çiqariş uçun hukumatdagi hamkasblarim bilan kun-u tun işlaşga va'da beraman”, deb yozgan yangi boş vazir Twitter’da. 

Avvalroq Irlandiyani uning tarixida ilk bor uç boş vazir navbati bilan boşqarişi ma'lum qilingandi. Uşbu lavozimda “Fianna Fayl” yetakçisi Mixol Martin, amaldagi boş vazir, “Fine Gel” partiyasi yetakçisi Leo Varadkar va “Yaşillar partiyasi” yetakçisi Imon Rayan özaro örin almaşadi.