Özbekiston Respublikasi prezidentining «Qişloq xöjaligi va melioratsiya texnikalarini sinaş va sertifikatlaş tizimini takomillaştiriş çora tadbirlari töğrisida»gi qarori imzolandi.

Qaror bilan 2021 yil 1 yanvardan boşlab yangiça tartib örnatilmoqda. Unga köra:

  • Import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan qişloq xöjaligi va melioratsiya texnikalarini hududlarning tuproq-iqlim şaroitlarida samarali qöllaş va ularning işonçlilik (sifat) körsatkiçlarini tekşiriş maqsadida barça turdagi qişloq xöjaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovçi qismlari majburiy tartibda sinovdan ötkaziladi. Bunda qişloq xöjaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovçi qismlari mahalliy va xorijiy işlab çiqaruvçilar hamda import qiluvçilar tomonidan taqdim etiladi;
  • Import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan qişloq xöjaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari, butlovçi qismlari takomillaştirilganda ham ularga qöşimça funksiyalarni bajariş yuklatilganda takroriy sinovlarga taqdim etiladi;
  • Özbekiston Respublikasi hududida foydalanişga tavsiya etilgan qişloq xöjaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilgan qişloq xöjaligi va melioratsiya texnikalaridan respublikada ekinlarni yetiştirişga ruxsat etiladi;
  • Import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan qişloq xöjaligi va melioratsiya texnikalarining agregatlari va butlovçi qismlari uçun muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylaştiriş tizimi yölga qöyiladi. Bunda laboratoriya asbob-uskunalari va ölçov vositalariga ega bölmagan taşkilotlar tomonidan qişloq xöjaligi va melioratsiya texnikalariga sertifikat berilişiga yöl qöyilmaydi.

2021 yil 1 yanvardan boşlab (ungaça işlab çiqarilgan texnikalar bundan mustasno) yagona davlat reyestriga kiritilmagan qişloq xöjaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari va butlovçi qismlaridan foydalanganlik uçun javobgarlik joriy etiladi.

Qaror ijrosini nazorat qiliş Boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev zimmasiga yuklatilgan.