Fransiyadagi eng qadimiy atom elektr stansiyalaridan biri faoliyatini töxtatdi. Germaniya bilan çegarada joylaşgan Fessenxaym AESning ikkinçi va oxirgi energobloki 29 iyun kuni öçirildi. Bu haqda Fransiyaning EDF energetika konserni xabar berdi.
Şunday qilib, mamlakat hukumati Germaniya va Şveytsariyaning AES faoliyatini töxtatiş haqidagi uzoq yillik talabini bajardi.
Yadroviy reaktorni buziş işlari 2025 yilda boşlanadi va 2040 yilgaça davom etişi kutilmoqda.
Parij uşbu stansiya yopilişiga qarşi çiqqan kasaba uyuşmalariga 446 million yevro kompensatsiya tölaşni va'da qilgan. Kasaba uyuşmalari yuzlab kişilar işsiz qolişidan xavotirlanmoqda. Germaniya va Fransiya işsizlik yeçini topdi – hududda texnopark quriladi.
Dastlab AES faoliyatini 2016 yil oxirigaça töxtatiş rejalaştirilgandi. Bu AES reaktorlari 1977 yilda işga tuşirilgan.












