Hindiston hukumati Xitoyning Tik Tok ijtimoiy tarmoği, UC Browser brauzeri va WeChat messenjerini taqiqladi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, "Hindiston suvereniteti va yaxlitligi, mudofaa qobiliyati, xavfsizligi va jamoat tartibiga zarar yetkazadigan ilovalar" röyxati tuzilgan.
 
Uşbu röyxatdan jami 59ta ilova joy olgan.

Asosan Xitoyda işlab çiqarilgan ilovalar mobil va boşqa qurilmalarda bloklanadi.

Taqiqlangan ilovalar röyxatiga Kwai, Baidu map, Clash of Kings, Mi Community, Club Factory, UC News, Weibo, QQ Music, Mobile Legends kabi ilovalar kiritilgan.