Interpol Eron sud hokimiyatining Islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun AQŞ prezidenti Donald Trampning xalqaro qidiruvga beriş talabini bajara olmasligini ma'lum qildi.  

Ta'kidlanişiça, Interpolning içki qoidalari Eronning talabini qanoatlantirişga imkon bermaydi, çunki taşkilotda “siyosiy, harbiy, diniy va irqiy körinişdagi biror-bir aralaşuv yoki harakatni amalga oşiriş” taqiqlangan. Şu sababli Interpolda Tehronning murojaatini körib çiqiş rad etilgan.

Avvalroq Eron sud hokimiyati Sulaymoniyning ölimi uçun Trampni xalqaro qidiruvga beriş talabi bilan Interpolga murojaat qilgan. Ta'kidlanişiça, Tehron generalni öldirişga tayyorgarlik körişda iştirok etgan va bu masala bilan şuğullangan 36 kişini aniqlaşga muvaffaq bölgan.   

Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bağdodda AQŞ harbiylari ötkazgan operatsiya natijasida öldirilgandi.

Pentagonda Sulaymoniyni öldirişni şaxsan prezident Tramp buyurgani aytilgan. AQŞda general Bağdoddagi xalqaro koalitsiya bazasiga va AQŞ elçixonasiga hujumlarga aloqador deb hisoblangan.