Prezident Yoşlar kuni munosabati bilan tabrik yölladi
|00:48 / 30.06.202017 5799 min
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 iyun - Yoşlar kuni munosabati bilan mamlakat yoşlariga bayram tabrigi yölladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
Aziz öğil-qizlarim!
Barçangizni yurtimiz hayotidagi qutluğ bayram – Yoşlar kuni bilan samimiy tabriklab, özimning çuqur mehrim va ezgu tilaklarimni bildirişdan ğoyat mamnunman.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişda azmu şijoatli yoşlarimizning örni va ta'siri tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi.
Hayotimizning barça soha va tarmoqlarida, Vatan himoyasidek şarafli vazifani ado etişda millionlab yoşlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Siyosiy saviyasi yetuk, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yuzlab yigit-qizlar parlamentimiz va xalq deputatlari mahalliy kengaşlarining a'zosi sifatida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat idoralarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat körsatmoqda.
Respublikamizda samarali işlayotgan 227 mingga yaqin yoş tadbirkor va fermerlar, mohir hunarmandlar iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşmoqda. Yurtimizda ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş uçun zarur şaroitlar yaratilmoqda.
Bu haqda gapirganda, birgina «Yoşlar – kelajagimiz» dasturi doirasida yoş avlod vakillarining 7 ming 775ta biznes loyihasiga 1 trillion 635 milliard sömdan ziyod imtiyozli kredit mablağlari ajratilib, şu asosda 40 mingga yaqin yangi iş örni taşkil etilganini qayd etiş lozim.
Ana şunday e'tibor va ğamxörlik tufayli hududlarda 27ta «Yoş tadbirkorlar» kovorking-markazlari hamda 157ta «Yoşlar mehnat guzari» foydalanişga topşirildi. Uşbu majmualarda 2 ming 200 nafardan ortiq öğil-qizlarimiz öz tadbirkorlik faoliyatini boşlagani e'tiborlidir.
Şu bilan birga, «Har bir yoşga – bir gektar» loyihasi böyiça barça hududlarimizda 65 mingga yaqin yoş dehqonlarga 54 ming 232 gektardan ziyod yer ajratildi.
Ana şunday muhim çora-tadbirlar tufayli sönggi uç yilda 560 ming 200 nafarga yaqin yoş fuqaro iş bilan ta'minlandi.
Bu yil koronavirus pandemiyasi hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida röy bergan ofatlar butun el-yurtimiz qatori yoşlarimiz irodasini ham sinovdan ötkazdi. Ana şunday oğir vaziyatlarda ming-minglab öğil-qizlarimiz çinakam mardlik va jasorat körsatib, barça tengdoşlariga örnak böldilar.
Mavzuga oid
Xususan, mamlakatimizda taşkil etilgan
«Saxovat va kömak» umumxalq harakatining
asosiy iştirokçilari ham yoşlarimiz ekani, Harakat doirasida Özbekiston yoşlar ittifoqining 4 ming 500 nafar a'zosi köngilli sifatida faol iş olib borayotgani tahsinga loyiqdir.
Sardoba suv omboridagi toşqindan talofat körganlarga yordam va kömak körsatiş maqsadida Yoşlar ittifoqining xayriya karvoni taşkil etilib, aholiga kiyim-keçak, sanitariya vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, şuningdek, katta miqdordagi öquv qurollari va sport anjomlari, badiiy adabiyotlar yetkazib berildi.
Öz navbatida, bunday ezgu işlar Buxoro viloyatining kuçli dovuldan zarar körgan Olot va Qoraköl tumanlarida ham amalga oşirilgani sizlarning vatanparvarlik va olijanoblik fazilatlaringizdan dalolat beradi.
Fursatdan foydalanib, oğir sinov kunlarida xalqimizga haqiqiy tayanç va suyanç bölib maydonga çiqqan Qurolli Kuçlarimizning mard va matonatli harbiy xizmatçilariga, jonkuyar şifokorlar, bunyodkor quruvçilar, saxovatli tadbirkorlarimizga, ilm-fan, madaniyat va sport sohasi vakillariga, Yoşlar ittifoqining faol a'zolariga – barça Özbekiston yoşlariga çin qalbimdan minnatdorçilik bildiraman.
Vatanimiz, el-yurtimiz sizlar kabi fidoyi va jasur farzandlari bilan hamişa faxrlanadi!
Muhtaram yoş döstlarim!
Bugungi kunda zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallaş har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining hal qiluvçi şartiga aylanib borayotgani heç kimga sir emas. Ana şu haqiqatni çuqur anglagan holda, biz navqiron avlodimizning ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan barkamol bölib voyaga yetişi uçun bor kuç va imkoniyatlarni safarbar etmoqdamiz.
Şu maqsadda uluğ allomalarimiz nomidagi ixtisoslaştirilgan maktablar, Innovatsion rivojlaniş vazirligi qoşida Yoşlar akademiyasi, Farğona şahrida «Loyihalar fabrikasi» faoliyati yölga qöyilgani, Prezident va ijod maktablari böyiça dasturlarimiz izçil davom ettirilayotgani sizlarga yaxşi ma'lum.
Iqtidorli yoşlarni yanada qöllab-quvvatlaş uçun har bir hududdaYoşlar texnoparklarini barpo etişni boşladik. Umumiy qiymati 30 milliard sömdan ortiq bölgan «Yoş olimlar»amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi e'lon qilindi.
Karantin şaroitiga qaramasdan, 6 milliondan ortiq maktab öquvçilari, 468 ming talaba öquv dasturlarida belgilangan darslarni öz vaqtida va sifatli özlaştirdi. «Online-maktab» loyihasi doirasida 17ta fan böyiça 4 mingdanortiq telemaşğulotlar ötkazildi. Bu jarayonga eng malakali pedagoglar jalb etildi, jumladan, Toşkentdagi Prezident maktabining xorijlik mutaxassislari tomonidan ham mahorat darslari olib borildi. Imkoniyati çeklangan bolalarni öqitişga alohida e'tibor qaratilib, barça darslar surdopedagog va surdotarjimonlar tomonidan tuşuntirib borildi.
Özbekistonning bu tajribasi YuNeSKO, YUNISEF, Jahon banki kabi xalqaro taşkilotlar tomonidan e'tirof etilmoqda.
Bugungi şiddatli zamonda, global miqyosda raqobat kuçayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlarga ehtiyoj har qaçongidan ham ortib bormoqda. Şu bois biz öz oldimizga qöygan ulkan va mas'uliyatli vazifalardan kelib çiqib, mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida tub özgarişlarni amalga oşirmoqdamiz.
Jumladan, keyingi uç yilda respublikamizdagi oliy öquv yurtlari soni 60 foizga oşib, 116 taga yetdi. Ular orasida nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari borligi alohida e'tiborga loyiq. Mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari soni izçil oşirib borilmoqda. Agar 2016-2017 öquv yilida bu raqam 58 mingtani taşkil etgan bölsa, joriy yilda 150 mingtaga yetadi. Ya'ni, bu yil maktab bitiruvçilarining 25 foizi oliy öquv yurtlarida öqiş imkoniga ega böladi. Holbuki, 2017 yilda bu raqam 9 foizga teng edi.
Millat genofondini saqlaş va davom ettirişning muhim omili bölgan yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş masalasi doimo e'tiborimiz markazida bölib kelmoqda. Sönggi uç yilda 2 ming 668 ta yoş oilaga
uy-joy uçun 121 milliard 244 million söm boşlanğiç tölov mablağlari 20 yil davomida foizsiz qaytariş şarti bilan tölab berildi.
Barçamiz guvohmiz – bugun dunyo misli körilmagan sur'atlar bilan keskin özgarib bormoqda. Ijtimoiy hayotimizda köplab ijobiy jarayonlar bilan birga, yoş avlodning qalbi va ongini egallaşga qaratilgan ma'naviy tahdidlar ham tobora xavfli tus olmoqda.
Bunday murakkab vaziyatda farzandlarimizni zararli ta'sirlardan asraş, doimo huşyor va ogoh bölib yaşaş eng dolzarb vazifamiz bölib qolmoqda.
Yoşlarimizni ona Vatanimizga, mustaqillik ğoyalariga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş, ularning iste'dod va qobiliyatini, ezgu intilişlarini röyobga çiqariş yölida boşlagan katta işlarimizni bundan buyon ham qat'iyat bilan davom ettiramiz.
Ayni şu maqsadda yurtimizning barça viloyat va tumanlarida, şahar va qişloqlarimizda yangi-yangi ta'lim dargohlari, madaniyat va san'at maskanlari, sport inşootlari barpo etilib, yoşlar ixtiyoriga berilmoqda.
Şular qatorida poytaxtimizda bunyod etilgan muhtaşam “Ğalaba boği”, “Şon-şaraf” muzeyi, Toşkent şahrining tarix muzeyi, betakror Adiblar xiyoboni farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirişga xizmat qilişi şubhasiz.
Yoşlarimizni jismoniy soğlom, ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalaş uçun beş ijobiy taşabbus doirasida köplab stadionlar, suv havzalari, sport majmualari va saroylari barpo etilmoqda.
Eng muhimi, farzandlarimiz örtasida sport bilan muntazam şuğullanadigan, soğlom turmuş tarzini öz hayotiy maqsadiga aylantirgan yigit-qizlar safi kengayib bormoqda.
Qadrli vatandoşlar!
Bugun jonajon Özbekistonimizda erkin va obod, farovon hayot quriş yölida biz boşlagan ulkan işlarni davom ettirişga qodir bölgan yangi avlod şakllanmoqda.
Aziz öğil-qizlarim, heç qaçon unutmang, xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk işlarni kutmoqda.
Şu muqaddas işonç va mas'uliyatni har tomonlama oqlaş, unga munosib böliş – dunyodagi eng uluğ baxtdir. Şunday baxt, şunday şaraf barçangizga nasib etsin!
Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu şijoat, gözallik va kamolot ayyomi – Yoşlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi