Toşkent şahar hokimining 2020 yil iyundagi 522-sonli qaroriga asosan, «Esteticheskaya Medecina» MÇJ investitsiya şartnomasida körsatilgan talablar bajarilişi uçun Yunusobod tumani, Markaz-4 dahasi, 28-29-30-uylar oraliğidan 5 sotix yer maydoni ajratib berilgan.
MÇJ ajratilgan hududda kosmetologiya klinikasini qurişni rejalaştirgan.
Biroq mazkur hududdagi köp qavatli uylarda yaşovçi önlab fuqarolar hokim qaroridan norozi. Ular ajratilgan hududda klinika qurib bölmasligini, bu şaharsozlik normalariga zidligi, yöllar yopilib qolişini ta'kidlaşmoqda.
Fuqarolar favqulodda holat bölgudek bölsa, ötiş yöllari yopilib qolişi mumkinligini aytmoqdalar.
«Köp qavatli uylar oldiga bunday qurilişni quriş uçun uşbu hududdagi fuqarolar bilan kelişiş kerak. Bu quriliş şaharsozlik normalariga töğri kelmaydi. Şahar hokimligi ham mahalla bilan kelişmay qaror çiqarib bergan.


Biz prokuratura, FVV, şahar va tuman hokimliklariga murojaat qildik. Favqulodda vaziyatlar vazirligining javobida mazkur hududda quriliş umuman mumkin emasligi ta'kidlangan. Uşbu quriliş noqonuniy va töxtatilişi kerak», – deydi mahalla fuqarolaridan biri Eldar Baybekov.

Mahalla ahli MÇJning qurilişga ruxsat beruvçi taşkilotlardan ruxsat olmaganini ham qöşimça qildi.
Mahalla ahli bilan uçraşuvga kelgan MÇJ vakili Farrux Xudayqulovning sözlariga köra, qurilişni boşlaşdan oldin fuqarolarga köplab takliflar berilgan. Yilda bir marta tekin körikdan ötiş, yöllarni ta'mirlaş, noçor xonadonlar bölsa uylarini ta'mirlab beriş va hokazo.
«Şahar hokimi bilan tuzilgan investitsion şartnomaga asosan, biz 6,5 mlrd sömlik şaxsiy mablağlarimizdan investitsiya jalb qilib, 50ta iş örinli tibbiyot klinikasini qurmoqçimiz.
Hozir mahalla fuqarolari bizga ajratilgan hududga daraxt ekişgan. Hokim qarori çiqişidan oldin barça taşkilotlarga murojaat qilib, ruxsat olib, yiğilgan hujjatlarni hokimiyatga taqdim qilganmiz. Zaxiraga oliş haqida 2019 yilda qaror çiqqan.






















