Xitoyning CanSino Biologics farmatsevtik kompaniyasi koronavirusga qarşi işlab çiqqan vaksinasini harbiylarda sinaşga hukumatning roziligini olganini ma'lum qildi.   

Vaksina Pekin biotexnologiya instituti va Xitoyning harbiy-tibbiyot fanlari akademiyasi bilan birgalikda işlab çiqilgan. Hozirda Xitoyda koronavirusdan hammasi bölib 8 ta vaksina işlab çiqilmoqda, biroq CanSino’ning vaksinasi ommaviy sinaşlargaça yetib kelgan ilk vaksina böldi.

Vaksina laboratoriya sinovlarining birinçi va ikkinçi bosqiçidan muvaffaqiyatli ötib, koronavirus çaqiradigan kasalliklarni bartaraf etişda öz samaradorligini körsatgan. Natijada u Xitoyning markaziy harbiy komissiyasi ma'qullovini olgan. Vaksinaning harbiylarda sinalişiga ruxsat bir yil davomida amal qiladi.