Bugun 3 hududda - Toşkent şahri, Samarqand va Toşkent viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.

Bugungi 281 holatdan 255tasi karantin muassasalarida, 25tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari bölgan 1 kişiga ham virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.

Aholi orasida (+30)
Bugun uç hududda aholi orasida yangi kasallaniş holatlari aniqlandi. Toşkent şahrida aholi orasida 13ta yangi holat qayd etildi.

Bir kun oldin şaharning Mirzo Uluğbek, Şayxontohur, Mirobod, Yunusobod, Sergeli va Uçtepa tumanlarida yangi kasallaniş holatlari aniqlangandi. Poytaxtda sönggi marta 3 iyun kuni aholi orasida kasallaniş holati aniqlanmagan.

Şuningdek, Toşkent viloyatida aholi orasida 9ta, Samarqand viloyatida 3ta yangi holat qayd etilgan.

Karantin (+255)
Xorijdan kelgaç Toşkent viloyatidagi Örtasaroy karantin markaziga joylaştirilgan fuqarolar orasida 190 holat aniqlandi.

Toşkent şahrida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida 16 kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyildi.

Şuningdek, Toşkent viloyatida karantindagilar orasida 35 kişida virus çiqqan.

Haydovçilar (+1)
Bugun Toşkent viloyati hududida xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçisi bölgan biri kişiga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.

Tuzalganlar (+186)
30 iyun davomida Özbekistondagi tibbiyot muassasalarida 186 nafar fuqaro (Toşkent şahrida 135 nafar, Xorazm viloyatida 44 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Qoraqalpoğiston Respublikasida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 2 nafar) soğaydi.