Özbekiston Respublikasi IIV JIEBB 23-son MUIKda jazo muddatini ötayotgan 45 yoşli mahkum F.X. vafot etgan.
U Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidan bölib, Navoiy viloyatidagi 11-sonli jazoni ijro etiş koloniyasida jazo muddatini ötayotgan bölgan.
Bu haqdagi dastlab «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qilgan.

A.Taşanovning yozişiça, F.X. bir neça kun avval uyiga qönğiroq qilib, koloniya xodimlari pul talab qilişayotganini bildirgan, hatto qandaydir hisob raqamlari ham bergan.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotiga köra, marhumning ölimiga V-24.0 IV klinik bosqiçi (limfa tugunlarining tarqoq kattalaşişi, orofarengial kandidoz, noma'lum etiologiyadan uzoq davom etuvçi isitma, tana vaznining 10 foizdan ortiq ozişi, diareya) sabab bölgani aytiladi.
Ma'lum qilinişiça, mahkum 2020 yil 5 iyun kuni 11-sonli JIEKdan Özbekiston Respublikasi IIV JIEBB 23-son MUIKga olib kelingan.
Ma'lumotda mahkum F.A. 2020 yil 15 iyun kuni soat taxminan 17:45larda öz palatasida ötirgan holatida örnidan turmoqçi bölgan paytda muvozanatini yöqotib, ehtiyotsizligi oqibatida polga yiqilgani, burun ustki qismi va pastki lab taşqi yuzasida yengil yuzaki jarohat olgani aytiladi. Bemorning umumiy ahvoli öta oğirligi, öz mustaqil yoza olmasligi sababli u bilan birga davolanayotgan bemorlardan yozma tilxatlar olingani aytilmoqda.
Mahkum 2020 yil 18 iyun kuni tonggi soat 05:45da vafot etgan.
Ma'lum bölişiça, mahkum F.X. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi va 164-moddasi (Bosqinçilik) 2-qismi «a» bandi bilan ayblanib, sudning 2010 yil 18 oktyabrdagi hukmi bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bölgan. Şuningdek, ma'lumotda F.X.ning sud hukmi bilan öta xavfli retsidivist deb topilgani aytiladi.
Vazirlik taqdim etgan ma'lumotlarda marhum F.X.ning ölimidan oldin qiynoqqa solingan yoki solinmagani haqida ma'lumot berilmagan.












