Tabiiyki, ayni holat yuzasidan jinoyat işi qözğatiladi. Dastlabki va sud tergovi jarayonlarida jami yetti marta sud-tibbiy ekspertizasi ötkaziladi. Ulardan bittasida, aniqroği, tartib böyiça oltinçisida Sunnatilla içki va taşqi jarohatlar tufayli olamdan ötgani ta'kidlanadi. Qolganlarida bu noxuş hodisaga orttirilgan sepsis, ya'ni, yiring hosil qiluvçi mikroblarning infeksiya öçoğidan qonga ötib, uni zaharlaşi oqibatida kelib çiqadigan oğir yuqumli kasallik şakllanişi va ötkir buyrak yetişmovçiligi sabab bölgani körsatilgan. Şunga köra, muassasaning tibbiyot bölimi boşliği jinoiy javobgarlikka jalb etiladi. Pirovardida sud hukmi bilan aybdor deb topilib, qonuniy jazoga tortiladi. Ammo keyinçalik Boş prokuratura marhumning yaqinlari şikoyatini örganib çiqiş natijasida kiritgan protestga muvofiq, bu xususdagi hukm bekor qilinadi. Jinoyat işi birinçi instansiya sudida yangidan köriş uçun dastlab Navoiy, söngra Toşkent şahar sudiga ötkaziladi.
Xöş, keyin-çi?
Toşkent şahar sudi 2019 yil 22 yanvardagi komission ekspertiza xulosasiga asosan çiqargan ajrimga köra, jinoyat işi tegişli tartibda unga aloqador boşqa aybdorlarni aniqlaş uçun prokurorga qaytarildi. Bu safar tergov harakatlari Boş prokuraturaning Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi tomonidan olib borildi. Şu asno marhumga xizmat körsatgan tört nafar tibbiyot xodimi öz vazifalarini lozim darajada bajarmagani tufayli u ölimga yuz tutgan degan xulosa çiqarildi. Şifokorlarning barçasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, iş poytaxt şahar sudiga
















