Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanida Ahmad Donish ko‘chasining ayrim qismlari vaqtincha yopilmoqda
Ahmad Donish ko‘chasining Anorzor ko‘chasiga burilish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha ko‘cha to‘liq yopiladi.
2020-2021 yillar Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturi doirasida 3 iyuldan Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasining Anorzor ko‘chasiga burilish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha ko‘chadan o‘tuvchi magistral issiqlik tarmog‘ini kapital ta'mirlash ishlari boshlanmoqda.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, mazkur magistral issiqlik tarmog‘ining kapital ta'mirlanayotgan qismida oxirgi 3 yil davomida 17 ta avariya holatlari qayd etilgan.
Ta'mirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta'minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi.
Ish jarayonida Ahmad Donish ko‘chasining Anorzor ko‘chasiga burilish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha ko‘cha to‘liq yopiladi va ushbu yo‘nalishdagi avtotransport qatnovi asosiy yo‘ldan amalga oshiriladi.
“Shu munosabat bilan haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etiladi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:10 / 24.03.2026
Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi
13:53 / 20.03.2026
Chilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi
10:22 / 14.03.2026
Yunusobodda yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 24.02.2026