Tadbirda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi oldiga qöyilgan vazifalar ijrosi töğrisidagi hisobotlar, şu jumladan investitsiyalarni jalb etiş va eksport böyiça prognoz körsatkiçlarni hamda xorijiy şeriklar bilan erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarga doir takliflar tinglandi.

Global miqyosdagi epidemiologik vaziyat va undan kelib çiqayotgan çeklovlar Özbekistonning investitsion va taşqi savdo faoliyatiga bevosita ta'sir körsatib, tadbirkorlar uçun moliyalaştiriş, quriliş, işlab çiqarişda zarur xomaşyo va uskunalarni yetkazib beriş masalalarida ma'lum tösiqlar yaratayotgani ta'kidlandi.

Şu munosabat bilan mamlakatimiz işlab çiqaruvçilari va eksportçilarini öz vaqtida qöllab-quvvatlaş böyiça çoralar körildi.

Bu bilan birga, tijorat banklarini yetarli resurslar bilan ta'minlaş maqsadida xalqaro moliyaviy institutlarning 1,2 milliard dollar miqdoridagi mablağlari jalb etildi.

Hisobot davrida umumiy qiymati 1,8 milliard dollarlik 28 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş hisobiga 3,8 mingta yangi iş örni yaratilişiga erişildi.

Hududlarni rivojlantiriş dasturlari doirasida umumiy qiymati 9,5 trillion sömlik 2049 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oşirildi, bu 27 mingta yangi iş örinlari yaratiş imkonini berdi.

Ayni paytda, bugungi kunda qator tarmoqlarda koronavirus pandemiyasi bilan boğliq xatarlar ta'siri ostida investitsiyalarni özlaştirişning prognoz körsatkiçlarini bajariş keçikayotgani ta'kidlandi. Şu munosabat bilan davlatimiz rahbari 2020 yil yakuniga köra közlangan natijalarga sözsiz erişiş maqsadida amalga oşirilişi rejalaştirilgan investitsiya loyihalarining körsatkiçlari va röyxatlarini qayta körib çiqiş topşiriğini berdi. Yil yakuniga kelib mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 9,9 milliard dollarni, şu jumladan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar – 6,8 milliard, xalqaro moliyaviy institutlar mablağlari – 3,1 milliard dollarni taşkil etişi kutilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotning muhim drayverlaridan biri sifatida eksport faoliyatini qöllab-quvvatlaş çoralariga alohida e'tibor qaratildi.

Joriy yilning 6 oyi yakunlariga köra mamlakatimiz korxonalari tomonidan 6,1 milliard dollarlik mahsulot eksport qilingani ta'kidlandi. Ayni paytda eksport faoliyatiga 950 ta yangi korxona jalb etildi, xorijga yangi 85 ta nomdagi mahsulot yetkazib beriş özlaştirildi, şuningdek, qöşimça 4 ta davlat bozoriga çiqildi.  

Jahondagi iqtisodiy vaziyatning beqarorligi hamda global bozordagi talab va taklifning pasayişini e'tiborga olib, joriy yilning ikkinçi yarmida eksport salohiyatini oşiriş maqsadida Respublika komissiyasiga pandemiya oqibatidagi taşqi omillar mamlakatimiz taşqi iqtisodiy faoliyatiga körsatişi mumkin bölgan salbiy ta'sirni kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar majmuini işlab çiqiş va amalga oşiriş vazifasi yuklatildi.