O‘zbekiston | 00:07 / 04.07.2020
43792
2 daqiqa o‘qiladi

Bir kunda 300dan oshiq yangi holat qayd etildi. Bu yangi rekord

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 70 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 3 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9396 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent viloyatida, 14 nafari Samarqand viloyatida hamda 9 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari Andijon viloyatida va 3 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun kun davomida jami 318ta yangi holat qayd etildi. Bu yangi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. 2 iyul kuni 297 holat qayd etilib, rekord ko‘rsatkich qayd etilgandi.

Shuningdek, Toshkent va Namanganda jami 217 bemor tuzalib, kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha rekord yangilandi.

Kun davomida Toshkent shahrida ikki bemor vafot etdi va virus qurbonlari soni 29taga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 3116 bemor davolanmoqda. Shundan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid