Fransiya boş vaziri lavozimini tark etgan Eduar Filipp örniga mamlakat şimolida joylaşgan Prad şahri meri lavozimini egallagan Jan Kasteks tayinlandi. Bu haqda Yelisey saroyida ma'lum qilindi.
“Respublika prezidenti Emmanyuel Makron Jan Kasteksni boş vazir etib tayinladi va unga hukumatni şakllantirişni vazifasini topşirdi”, deyilgan xabarda.
55 yoşli Jan Kasteks pandemiya sababli kiritilgan karantindan çiqiş böyiça hukumat komissiyasiga rahbarlik qilgan. Bundan bir yil avval esa u Milliy sport agentligi prezidenti etib tayinlangan va Parijda 2024 yilgi Olimpiadani ötkazişga tayyorgarlik işlari bilan şuğullangan.
Avvalroq Fransiya boş vaziri Eduar Filipp iste'fo berdi. Makron uning iste'fosini qabul qilgan. Filippning iste'fosi sababi ma'lum qilinmagan.











