Amerikalik tadbirkor, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskning boyligi kompaniya aksiyalari narxi oşayotgani sababli bir hafta içida 5,2 mlrd dollarga köpayib, umumiy hisobda 46,3 mlrd dollarga yetdi.
Forbes naşrining xabar berişiça, Mask 26 iyundan 2 iyulgaça bir neça milliard dollarga boyigan. Unga birjada narxi oşayotgan Tesla kompaniyasining 13 foiz aksiyasi tegişli. Kompaniya aksiyalari qimmatlaşayotgani sababli uning kapitallaşuvi 224,5 mlrd dollarga yetgan. Ta'kidlanişiça, Tesla kompaniyasi S&P 500 indeksida keltirilgan barça 500 kompaniyani ortda qoldirgan.
“Bu raqamlar köpayadi va kamayadi, biroq asosiysi odamlarga yoqadigan a'lo sifatli mahsulot işlab çiqarilişi bölib qoladi”, deb izoh bergan Mask uşbu holatga. Bunday muvaffaqiyat evaziga tadbirkor Forbes’ning eng boy kişilari röyxatida 9 pozitsiyaga kötarilib, 22-örinni egallagan.
2003 yilda taşkil etilgan Tesla hozirda elektromobillar, quyoş batareyalari va boşqa energiya töplaş tizimlari işlab çiqaradi.












