Pokiston taşqi işlar vaziri Şoh Mahmud Qurayşiy koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda uning özi ma'lum qilgan.
“Bugun kunduzi haroratim biroz oşişini his qildim va darhol uyimda karatinni boşladim. Menda koronavirusga musbat tahlil çiqdi. Alloh inoyati ila özimni kuçli va ğayratli his qilmoqdaman. Men uyimdan öz majburiyatlarimni bajarişni davom ettiraman. Iltimos, haqqimga duo qiling”, deb yozgan vazir Twitter’da.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Pokistonda koronavirusga çalinganlar soni 223 mingdan, undan vafot etganlar soni 4,5 mingdan köproqni taşkil qilmoqda.
Avvalroq koronavirus Pokiston milliy yiğini spikeri Asad Qaysarda, Sind viloyati gubernatori Imron Ismoilda, Pokiston xalq partiyasi yetakçisi Said Ğanida va temir yöllar vaziri Şayh Raşidda aniqlangandi. Ularning barçasi soğayib ketgan.
Şu bilan birga, bir qator pokistonlik siyosatçilar, jumladan Balujiston viloyatining sobiq gubernatori Said Fozil Oğa va Sind viloyatining aholi punktlari böyiça vaziri Ğulom Murtazo Baluh koronavirus sababli vafot etgan.













