Turkiya Liviya hududida öz harbiy bazasini joylaştiriş huquqiga ega böldi, uning barça harbiy xizmatçilariga esa diplomatik maqom beriladi.

Fayz Sarroj boşçiligidagi milliy kelişuv hukumati Anqara bilan mudofaa kelişuvini imzolaganidan söng Turkiya Liviyadagi nizoni bartaraf etişda iştirok etadigan böldi. Bu haqda «Al-Xadas» telekanali xabar berdi.

Qayd etilişiça, kelişuv Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar va qurolli kuçlar boş ştabi boşliği Yaşar Gulerning Tripoliga taşrifi vaqtida imzolangan. Hujjatga köra, Turkiya Liviya hududida öz harbiy bazasini joylaştiriş huquqiga ega böldi, uning barça harbiy xizmatçilariga esa diplomatik maqom beriladi.

Bundan taşqari, turk maslahatçilari va harbiylari sud ta'qibidan immunitetga ega böladi, Anqara esa milliy kelişuv hukumatini himoya qiliş uçun qonuniy vakolatlar oladi. 

Kelişuvga muvofiq, Turkiyaga yangi harbiy-razvedka agentligini taşkil etişda qatnaşiş huquqi berildi.

Turkiya yaqin vaqt içida Liviyadagi jangovar imkoniyatlarini sezilarli tarzda kengaytiradi, deya qayd etadi naşr.

Liviyada 2011 yilda fuqarolar uruşi yuz berişi natijasida mamlakatni 1969 yildan buyon boşqarib kelgan Muammor Qazzofiy öldirildi. Hozirda mamlakatda qöşhokimiyat vujudga kelgan: şarqda feldmarşal Xalifa Haftar boşçiligidagi parlament, ğarbda esa milliy kelişuv hukumati hokimiyat tepasida turibdi.