Argentinalik futbolçi bilan nimalar bölmoqda, «Barselona» sardorining kelajagi böyiça qanday xabarlar tarqaldi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Nima böldi?
Fox Sport telekompaniyasining argentinalik jurnalisti Kristian Martin «Barselona» hujumçisi Lionel Messi «Mançester Siti»ga ötişi mumkinligi haqida xabar berdi.
«Sönggi xabarlar. Messi «Barselona»dan ketişi va «Mançester Siti»ga ötişi mumkin. Bu çindan amalga oşişi mumkin. Buni Kataloniya va Angliyadagi manbalarim tasdiqlaşdi. Kelişuv şartlari barça manfaatdor tomonlarni qoniqtiradi», deya yozgan Martin Instagram sahifasida.
33 yoşli argentinalikning «Barselona» bilan amaldagi şartnomasi 2021 yil yoziga qadar tuzilgan, ya'ni keyingi mavsum yakunida muddat tugaydi, yangi şartnoma esa tuzilmagan, garçi muzokaralar ketayotgan bölsada.
Bu qançalik jiddiy?
Martin bungaça Messi haqidagi insaydlari bilan maşhur bölmagan. Ammo u uşbu futbolçi «Barsa»dan ketişi haqida yozgan yagona manba emas. 3 iyul kuni Cadena Ser radiosi efirida ispaniyalik jurnalist Manu Karreno ham şu haqda gapirgandi.
«Doimiy mojarolar va klubdan axborot çiqib ketişi va öziga boğliq bölmagan qarorlar Messining hiqildoğiga kelgan. Şartnomani uzaytiriş böyiça muzokaralar yaxşi boşlangandi, ammo sönggi voqealar Messini barçasini qayta öylab körişga majbur qilgan. Hozirda muzokaralar töxtab qolgan», — degan Karreno.
Kataloniyadagi Sport naşri esa (bu naşr asosan «Barselona» haqidagi yangiliklarni yoritişga ixtisoslaşgan) juma kuni klub afsonasi Rivaldo bilan quyidagi sarlavhali intervyuni e'lon qildi: «Messi yana Gvardiola bilan işlasa ajoyib bölgan bölardi».
«Agar Messi klubdan ketsa, Yevropada öynaşda davom etadi deb öylamayman. Ammo buni istisno qilib ham bölmaydi. «Siti» Pep bilan ittifoq tuzişi mumkin, bu ajoyib bölardi. Messi 34 yoşida ham premer-ligada osonlik bilan öynaşi mumkin», — degan Rivaldo.
Şu tariqa, Messi «Barsa»dan ketişi haqidagi xabarlar har joyda tarqalmoqda.
Messiga nima yoqmayapti?
Bu yilda «Barselona»da mojarolar tinmayapti, klub prezidenti Jozep Bartomeu esa tanqidlar obektiga aylangan, u jamoa işonçidan ham çiqqan. Mojaroga ijtimoiy tarmoqda Bartomeu buyurtmasi bilan «Barselona» yetakçilari haqida salbiy postlar va izohlar qoldirilayotgani haqidagi gaplar sabab bölgan.
Mavzuga oid
Hatto odatda xotirjamlikni saqlab qoladigan Messi ikki marta Instagram sahifasida ikki bor bayonot bilan çiqdi. Birinçisi klub sport direktori Erik Abidalga qaratilgandi, u sobiq boş murabbiy Ernesto Valverde işdan böşatilganida bunga klubdagi ayrim futbolçilar murabbiyning faoliyatidan norozi bölganini sabab sifatida keltirgandi.
Bu Messini darğazab qildi. Dastlab Instagram’dagi sahifasida Abidalning intervyusidan parçani storiz qilib joylaydi: «Köplar murabbiydan norozi edi va köp işlaşmasdi». Uning ortidan öz noroziligini bayon etadi.
«Bunday futbolçilar haqida gapirayotganda aniq ismlarni keltiriş kerak. Agar bunday qilinmasa, barçaga nisbatan tuhmat bölib qoladi. Oçiğini aytganda, menga bunday bayonotlar beriş yoqmaydi. Fikrimça, hamma öz vazifasi uçun javobgar bölişi kerak. Öyinçilar muammoni birinçi bölib his etişadi, çunki biz klub va maydonda nima bölayotganini yaxşi bilamiz. Rahbariyat öz qarorlari uçun mas'uliyatni öz zimmasiga olişi kerak. Agar futbolçilarni tilga olişsa, u holda aniq familiyalar bilan aytişsin. Aks holda butun klub obrösi zarar köradi. Futbolçilar maydondagi işlarga javobgar. Nimadir öxşamasa, birinçi bölib özimiz tan olamiz», — degandi Messi.
Ikkinçi mojaro — koronavirus pandemiyasi davrida klubda maoşlar qisqartirilişi ortidan yuzaga kelgan vaziyat bilan boğliq. «Barselona» Ispaniya hukumatiga ERTE’dan foydalaniş böyiça murojaat qildi — maxsus sxemaga köra, kompaniyalarga ma'lum vaqtga mehnat şartnomalarini töxtatişga yoki iş kunlarini qisqartirişga ruxsat beriladi. Bu esa klubning 1500 xodimini şok holatga tuşirdi - ular uçun bu kutilmagan qaror böldi. Xuddi şu vaqtda mahalliy matbuotda ayrim futbolçilar maoşi kamayişiga rozi bölmagani haqida insaydlar paydo böldi.
«Klubda bizni şu yöl bilan özimiz şundoğam qilişni istagan işni qilişga undaydigan odamlar borligidan hayronman. Barça futbolçilar xodimlarning barçasi öz maoşlarini 100 foiz olişini istaydi», — deya yozdi Messi.
Körinişidan, «Barselona» boşqaruvidagi tartibsizlik argentinalik futbolçining joniga tekkan. Qolaversa Abidal bilan ziddiyat vaqtida COPE radiostansiyasi jurnalisti Xuanma Kastano Messi klubda bölayotgan barça işlar uçun balogardon bölişdan çarçagani haqida gapirgandi.
«Barselona»ning yangi prezidenti saylovlari 2021 yilda ötkaziladi. Ehtimol, Messining Kataloniyadagi kelajagi ham şu saylovga boğliq böladi, garçi Bartomeu qayta saylanmasa ham — ustavga köra bu lavozimni ikki muddatdan ortiq egallaş mumkin emas.
«Siti»ga ötişga nima tösqinlik qiladi?
Argentinalik futbolçining «Mançester Siti»ga ötişi tarixida bitta işkal bor: inglizlar klubi ikki yilga yevrokuboklardan çetlatilişi mumkin. UYeFA fevral oyida moliyaviy feyr-pley tufayli «Siti»ga şunday jazo qöllagandi. «Şaharliklar» Sport arbitraj sudiga apellyatsiya yöllagan, bu iş iyunda körib çiqilgan. Qaror iyul oyi örtalarida e'lon qilinişi kutilmoqda.
Agar jazo öz kuçida qolsa, savollar tuğiladi: Messi Pepni qançalik hurmat qilmasin, nega Çempionlar klubida öynamaydigan klubga ötişi kerak? Qolaversa, bunday vaziyatda murabbiyning ham klubdagi kelajagi tumanli bölib qoladi: ispaniyalik mutaxassisning «Siti» bilan şartnomasi 2021 yil yozigaça tuzilgan va hozirça yangi şartnoma haqida gap bölgani yöq. Bundan taşqari, hozirgi kelişuvda Gvardiola şu yozdayoq ketişiga imkon beradigan punkt mavjud. Murabbiyning sönggi intervyularidan xulosa qilinsa, köp narsa sud qaroriga boğliq.
Messining ketişi bilan boğliq xabarlar yangi şartnoma imzolanişi bilan yakunlanişi ham mumkin. Sönggi yillarda uşbu futbolçi boşqa klubga «ketayotgani» haqida köp marta xabar tarqalgan.
Lionel Messi. Foto AFP
2014. Messi va 250 million yevro. Angliya yoki Fransiyaga ketiş
2013 yil fevralida Lionel Xavi va Karles Puyol ortidan «Barsa» bilan şartnomani uzaytirdi — beş yilga, 2018 yil 30 iyuniga qadar.
«Bilmadim, u 5 yildan keyin qanday holatda böladi. Ammo bu klub fanatlari uçun ajoyib yangilik. U dunyodagi eng zöri. Hamişa şundayligiça qoladi. U özini yaxşi his qilişi uçun qöldan kelgança harakat qilamiz», degandi öşanda himoyaçi Jordi Alba.
Bir yil ötgaç Madriddagi AS naşri, kök-anorranglilar yulduz futbolçisi sotuvidan katta pul işlab olmoqçi ekani haqida xabar tarqatdi. 250 million yevro — şartnomada şu miqdordagi badal puli belgilangandi. Göyoki Lionelning otasi Xorxe Messiga kelişuvdan 10 foizlik uluş va'da qilgani aytilgandi. Öşanda xaridor jamoalar sifatida «PSJ», «Çelsi» va «Real» klublari nomlari keltirilgandi.
Futbolçi Tate Martino boşçiligida ötgan yomon mavsumdan keyin ketişga qaror qilganiga işoniş mumkin edi. Messi ijtimoiy tarmoqqa joylaştirilgan videosida «uyda qolişdan baxtiyor bölişi»ni aytgan. Şu bilan birgalikda «boşqa variantlarni ham körib çiqişga tayyorligi, çunki hamişa eng yaxşi klubda öynaşni istaşi» haqida aytgandi.
Oxir-oqibat Leo klubda qoldi. Ispan naşrlarida uning yillik maoşi miqdori keyingi mavsumda 13 million yevro örniga 20 million yevroga oşgani haqida xabarlar tarqaldi.
Lionel Messi. Foto AFP
2015. Messi Luis Enrikedan ketadi. Angliya yoki Fransiyaga
2015 yil yanvarida gazetalar Messi va klub boş murabbiyi Luis Enrike örtasidagi jiddiy mojaro haqidagi sarlavhalarga töla bölgandi. Fitnalar, mojarolar, munosabatlarga oydinlik kiritiş. Argentinalik futbolçi boşqa klublar muxlisiga aylandi, ijtimoiy tarmoqlarda boşqa klublarning akkauntlariga a'zo böldi. Leo ketişi aniqdek edi. Kök-anorranglilarning muxlislariga açinib qaray boşlaşdi...
«Bu biz bayramdan qaytganimizda sodir böldi. Maşğulot vaqtidagi qöpollikdan keyin Leo özini boşqara olmay qoldi. Vaziyat keskinlaşdi, u va murabbiy aytişib qoldi. Maşğulotdan keyin Luis Enrike kiyim almaştiriş xonasiga keldi, ular gaplaşib olişdi va ziddiyat barham topdi. Bunaqasi köp jamoalarda böladi, ammo bizda bölgan holatga juda köpçilik e'tibor qaratdi, çunki biz «Barselona»miz. Ziddiyatga yöl qöyildi, bu esa haqiqiy muammo», degandi öşanda himoyaçi Jyeremi Mate.
Ammo bungaça Messi oşqozonidagi oğriq tufayli maşğulotlarni ötkazib yuborgan, OAVda esa «Çelsi» uning uçun 250 million yevro tölaşga tayyorligi haqida navbatdagi xabar tarqalgandi. Lionel Instagram’da London jamoasining bir qança futbolçilarini «follou» qilgandi.
Kataloniyaliklarning sobiq himoyaçisi, keyinroq jamoada sport direktoriga aylangan Erik Abidal 2015 yil qişida argentinalik futbolçida kelajagini «PSJ»da davom ettiriş varianti bölgani haqida gapirdi. Öşanda Lionelni «Mançester Yunayted», «Bavariya», «Real» va «Mançester Siti»ga ham «jönatişgan».
«Menga odamlarga bölayotgan voqealar böyiça öz sözlarimni aytiş imkoniyatini berganingiz uçun taşakkur. Heç qayerga ketmoqçimasman. Bunday gaplar men uçun yoqimsiz, çunki bunday gaplarni «Barselona»ni qöllab-quvvatlovçi odamlar aytmoqda. Safsatani bas qiling», degandi Messi Barca TV efirida.
Lionel Messi. Foto AFP
2016. Messi soliq organlaridan xafa. Angliyaga ketadi
Angliya va Ispaniyadagi naşrlar argentinalik «Tumanli albion»ga köçib ötişi — uning manzili «Mançester Siti», «Çelsi» yoki «Mançester Yunayted» bölişi haqida yozişdi.
«Men hamişa «Barselona»dan keta olmasligimni aytganman. Hamişa şunday javob qaytarişda davom etaman. Faoliyatimni uyda yakunlaşni istayman, mening uyim esa — Barselona. Futbolda barçasi tez özgaradi. Bir yil avval hamma bizni tanqid qildi. Endi esa biz deyarli barça sovrinlarni yutib oldik. Men faoliyatimni boşlagan joyimda, Barselonada tugatişni istayman», — dedi öşanda Messi.
Öşa yilning iyunida Britaniyadagi naşrlarda argentinalik futbolçi Angliyaga kelişi haqida navbatdagi miş-mişlar tölqini kuzatiladi. Iyulda La Liga prezidenti Xaver Tebas u özi va otasiga nisbatan boşlangan soliq bilan boğliq muammolar tufayli Ispaniyadan ketişi mumkinligidan xavotir bildiradi.
Kataloniyaliklar klubi prezidenti Jozem Bartomeu kuzga kelib Messi yangi, «abadiy» şartnomaga imzo çekişi haqida gapirdi. «Mançester Siti» boş murabbiyi Pep Gvardiola ham Leo bilan muzokaralar ötkazilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Ammo agar u «Barsa»dan ketişga qaror qilsa, «Siti» unga xaridorlar navbatining boşida turişi haqida qöşimça qildi.
Lionel Messi. Foto AFP
2017. Messi hamon soliqçilardan xafa. Şartnoma uzoq vaqtgaça uzaytirilmadi
Yana şu kabi miş-mişlar, yana şu kabi tarix. Soliq organlarining ayblovlari tufayli norozilik. Klub rahbariyati bilan uzoq davom etgan muzokaralar. Şartnomani uzaytiriş masalasi keyinga qoldirilişi. Şartnoma muddati yakunlanişiga bir yil qolgan.
Yozda murosaga kelindi, yangi kelişuv uç yillik — 2021 yilgaça. Noyabrda rasman tasdiqlandi: argentinalik futbolçi uçun bu «Barselona» bilan tuzilgan töqqizinçi şartnoma edi. Bu oxirgisi bölib qoladimi?
Lionel Messi. Foto Reuters
2018. Kataloniyadagi voqealar. Yana Angliya
2017 yil kuzida Kataloniyada mustaqillik uçun referendum ötkazildi. Unda Ispaniyadan ajralib çiqiş tarafdorlari ğalaba qozonişdi, ammo hukumat natijalarni tan olmadi. Şundan söngi hududni keng kölamli norozilik aksiyalari qamrab oldi, futbol uçraşuvlari qoldirildi.
Madriddagi AS naşri «Mançester Siti» Messining transferi uçun 400 million yevro tölaşga tayyorligi haqida yozdi. 2017 yil yozida raqamlar kamtarroq edi - 300 million.
2018 yil yanvarida El Mundo Deportivo naşri bir xabar tarqatdi: Leoning şartnomasida u şartnoma muddati tugamasidan ketişi mumkinligi haqida band bor. Tekinga. Şarti Kataloniya Ispaniyadan ajralib çiqsa. Bu holatda «Barsa» Yevropadagi kuçli çempionatlarda iştirok eta olmasdi.
Bu vaqtda 2021 yilga qadar amal qiluvçi yangi şartnoma imzolangan, unda 700 million yevro miqdorida badal puli va futbolçi uçun yiliga 35 million yevro (soliqlar, imij huquqi va reklama şartnomalaridan tuşadigan daromaddan taşqari) belgilangandi.
Kataloniya ajralib çiqmadi va Messi heç qayerga ketmadi.
Lionel Messi. Foto Reuters
2019. Şartnomadagi alohida band. Angliya yoki MLS
2019 yil yozi va kuzida dunyodagi eng kuçli futbolçi haqida «eng aniq va eng işonçli» ma'lumot beruvçi insayderlar yana «uyğonişdi».
El Pais naşri şunday xabar tarqatdi: argentinalik futbolçi bilan şunday şartnoma tuzilganki, u istalgan mavsum sönggida şartnomani bir tomonlama bekor qiliş huquqiga ega. Uning nomini «Mançester Siti» bilan boğlaşdan çarçagan Britaniyadagi naşrlar Lionelga Devid Bekhem okeanortida asos solgan «Inter Mayami» klubidan qiziqiş mavjudligi haqida yoza boşlaşdi.
A Bola Bartomeudan iqtibos keltirdi, unga köra bunday band «Barsa»ning faxriy futbolçilarining barçasining şartnomalarida bölgan — Andresa Inesta, Xavi va Puyolda: «Biz bundan taşvişda emasmiz, ularning barçasi klubga sadoqatli bölişgandi. Biz Messiga ham boşqaça şartnoma taklif qilolmasdik».
Messi MLSga ketmadi. Angliyaga ham.
Lionel Messi. Foto Reuters
2020. Şartnomadagi alohida band va çarçoq. Yana Angliya varianti
Ernesto Valverde işdan böşatildi, Xavi bilan muzokaralar bölib ötdi, ammo murabbiylikka Kike Seten olib kelindi. Keyin Messi va Abidal örtasida ziddiyat bölib ötdi. Fitnalar, mojarolar va OAVdagi juda köp negativ.
Şu yil fevralida navbatdagi «yangi» ma'lumot paydo böldi: argentinalik futbolçi «Barsa» bilan boğliq va «Barsa»dagi barçadan norozi. OAVda «Mançester Siti», «Mançester Yunayted», «PSJ», «Yuventus» va «Inter» nomlari aylana boşladi. Britan naşrlari qatoriga La Gazzetta dello Sport ham qöşildi.
Lekin köpçilik faqat ispan tilini biladigan, özini Kataloniyada juda yaxşi his qiladigan va Kataloniyada oilasi uçun qulay şaroit yaratib olgan futbolçi qanday qilib boşqa mamlakatda, ayniqsa Angliyada moslaşib ketişi mumkinligiga hayron.
Martda yangi «sensatsiya» çiqdi: Agar «Barsa» Neymarni qaytarmasa, Messi ketadi. Keyin koronavirus pandemiyasi tufayli yulduz futbolçining kelajagi haqidagi gaplar uzilib qoldi.
Ammo yaqinda faoliyatidagi 700-golini urgan Leo haqida yana şov-şuvli xabarlar tarqala boşladi: şartnomani uzaytiriş va hisob böyiça öninçi şartnomani imzolaş böyiça muzokaralar töxtagan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi