«Dunyo» AA muxbiri xabar qilişiça, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari S.Berdiqulov, qömita mas'ul xodimlari, Özbekistonning Isroildagi elçixonasi mas'ul xodimi M.Ibodullayev va Isroilning «LR Group» hamda «Agrotec» kompaniyalari ekspertlari iştirok etgan videokonferensiyada Isroilning çorvaçilikka ixtisoslaşgan kompaniyalari bilan hamkorlik qiliş, sohada qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilingan.
Videomuloqotda Özbekistonda çorvaçilikni rivojlantiriş, jumladan, naslli qoramollarni yetiştiriş, «Öznaslçilik» davlat unitar korxonasida parvarişlanayotgan çorva mollari zotlari, genetik materiallarni işlab çiqariş va saqlaş böyiça işlar haqida ma'lumot berilgan, naslli qoramollarni köpaytiriş va bu borada özaro hamkorlikni yölga qöyiş istiqbollariga alohida e'tibor qaratilgan.
«LR Group» kompaniyasi loyiha menejyeri Özbekistonda naslli qoramollar genetik mahsulotlarini yetiştiriş böyiça Isroil – Özbekiston qöşma genetika markazini taşkil etişga tayyor ekanini bildirdi.
Şuningdek, Özbekistonda çorvaçilik sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, jumladan fermer xöjaliklari va çorvadorlar uçun subsidiyalar ajratişga doir muhim özgarişlar Isroil ekspertlarida katta qiziqiş uyğotdi.
Tadbir yakunida sohadagi yangiliklar böyiça axborot almaşişni davom ettirişga kelişib olindi, deyiladi «Yangi Özbekiston» xabarida.












