Tezlikni oşirganda ruxsat etilgan +5 km/soat: nega u faqat birinçi ölçovda qöllanilmoqda?
|04:30 / 06.07.2020159 3227 min
Haydovçi harakat tezligi 70 km/soat qilib çegaralangan hududda 91 km/soat tezlikda harakatlanib kelsa, unga 1 115 000 söm miqdorda jarima qöllanilmoqda. Bu qonunga zid, çunki bu holatda “+5 km/soat” qoidasi inobatga olinişi va haydovçi 223 000 söm jarimaga tortilişi kerak.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-3-moddasida haydovçilarning harakat tezligini belgilangan me'yoridan oşirib yuborgani uçun, oşirilgan harakat tezligiga qarab, uç xil oğirlikdagi jarima turi nazarda tutiladi.
Bunda:
tezlik belgilanganidan soatiga 20 kilometrdan köp bölmagan kattalikda oşirib yuborilganda – bazaviy hisoblaş miqdori*ning bir baravari, ya'ni 223 000 söm miqdorida;
soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan köp bölmagan kattalikda oşirib yuborilganda beş baravari, 1 115 000 söm miqdorida;
soatiga 40 kilometrdan oşirib yuborilganda töqqiz baravari, ya'ni 2 007 000 söm miqdorda jarima solişga sabab böladi.
(* bir bazaviy hisoblaş miqdori 223 000 sömga teng)
Ma'lumki, Soliq kodeksida soliq tölovçining haqligi prezumpsiyasi prinsipi mavjud bölib, unga köra soliq töğrisidagi qonun hujjatlaridagi barça bartaraf etib bölmaydigan qarama-qarşiliklar va noaniqliklar soliq tölovçining foydasiga talqin etiladi. Buni dabdurustdan tilga olganimizning sababi – yöl harakati qoidalarining buzilişi böyiça fuqarolarni javobgarlikka tortiş masalasida ham şunga öxşaş qoida amal qiladi.
Xususan, Adliya vazirligida 2011 yil 5 iyulda 2240-son bilan röyxatga olingan Yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma'muriy işlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagiyöriqnomaning 8-bandida haydovçi belgilangan tezlikni oşirib yuborganda tezlikni ölçaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari körsatkiçlaridagi yöl qöyilişi mumkin bölgan jami nuqsonlar jamlangan holda hisobga olinişi kerak.
Bunda tezlikni ölçaydigan uskuna ruxsat etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometrdan oşiq bölganini körsatgan taqdirda ma'muriy bayonnoma tuziladi.
Ya'ni, tezlikni ölçaşda vujudga kelişi mumkin bölgan texnik nuqsonlar haydovçi foydasiga hal qilingan holda şartli ravişda qonunçilikda +5 km/soat birlik belgilab qöyilgan.
Mavzuga oid
Masalan, aholi yaşaş punktida, harakatlaniş tezligini soatiga 70 kilometrdan oşiriş mumkin bölmagan joyda soatiga 75 kilometrgaça tezlikda harakatlanib kelgan haydovçi yöl harakati qoidalarini
buzmagan
hisoblanadi. Ya'ni, tezlik 76 km/soatni taşkil etganda yöl harakati qoidalari buzilgan hisoblanadi va bu
bir baravar
miqdorda jarimaga tortişga sabab böladi.
Biroq, şu hududda tezlik 20 km/soatdan ortiq, biroq 40 km/soatdan köp bölmagan kattalikda oşirilsa-çi? Beş baravar miqdordagi jarima neççi tezlikdan keyin qöllanilişi kerak?
Xozirgi amaliyotda, «50» belgisi turgan joyda haydovçi 71 km/soat tezlikda harakatlanib kelsa, jarima miqdori 5 barobar qilib belgilanmoqda. Biroq bu mumkin emas!
Çunki tezlikni ölçaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari körsatkiçlaridagi yöl qöyilişi mumkin bölgan jami nuqsonlar jamlangan holda 5 km/soatgaça belgilangan tezlikni oşirişga ruxsat bor. Lekin u YPX xodimlari tomonidan faqat 1 «minimalka» jarima solinişiga sabab böladigan hollardagina inobatga olinmoqda.
Tahririyatga ma'lum bölgan holatlardan birida haydovçi soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlaniş belgilangan hududda soatiga 91 kilometr tezlik bilan harakatlangan. Unga maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositacida avtomaşinani soatiga 20 kilometrdan oşirib haydaganlik böyiça ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, BHMning beş baravari – 1 115 000 söm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Bir qaraganda, bu yerda haydovçi tezlikni soatiga 20 kilometrdan köproqqa oşirgandek körinişi mumkin. Biroq, aynan mazkur holatda maxsus qurilma qayd etgan holat böyiça ma'muriy bayonnomani rasmiylaştirgan YPX inspetori yöriqnomaning «+5 km/soat» qoidasiga amal qilmagan böladi. Çunki harakat tezligi böyiça çeklov soatiga 70 km/soat bölgan hududda MJtKning 128-3-moddasi ikkinçi qismi doirasiga tuşiş uçun harakat tezligi «+5 km/soat» qoidasi inobatga olingan holda soatiga 96 kilometrni taşkil qilişi lozim.
Bordi-yu, 70 km/soat tezlik belgilangan joyda haqiqiy tezlik, aytaylik 106 km/soat bölsa-yu, radarda bu 111 km/soat bölib aks etsa-çi? Bu bir qoidabuzarlikning özida 5 baravar örniga 9 baravar jarima degani.
Şuning uçun ham normativ hujjatga «+5 km/soat» qoidasi kiritilgan va şuning uçun ham davlat yöl harakati xafsizligi xizmati xodimlari bu qoidani tezlikning keyingi çegaralariga ham tatbiq etişlari şart.
Ya'ni 70 km/soat tezlikdan oşirganlik uçun 5 baravar jarima 96 km/soat tezlikdan boşlab, 9 baravar belgilanadigan jarima esa 116 km/soat tezlikdan boşlab rasmiylaştirilişi kerak.
Unga köra, radar haydovçining tezligini 54 km/soat deb körsatgan. Qoidaga köra, u harakatlangan yölda tezlikni 50 km/soatgaça oşiriş mumkin bölgan. Şveytsariya yöl harakati qoidalarida «+3 km/soat» qoidasi amal qilişi inobatga olinib, 54-3=51 körinişida haydovçini jarimaga tortiş mumkin bölgan haqiqiy tezlik aniqlangan.
Yana şuni aytiş mumkinki, bu qoida bizning huquqni qöllaş amaliyotimizdan farqli ravişda Şveytsariya va boşqa xorijiy davlatlarda barça tabaqadagi jarima qöllaniladigan tezlik çegaralariga nisbatan qöllaniladi.
Yuqorida tilga olingan Yöriqnomaning yana bir talabi şuki, «+5 km/soat» qoidasiga rioya etilmagan holda rasmiylaştirilgan bayonnoma DYHXXning ma'muriy amaliyot inspektori tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni körib çiqiş uçun qabul qilinmasligi lozim. Bundan kelib çiqadiki, tahririyatda mavjud bayonnoma böyiça avvalboşidan YHXB YPX inspektori tomonidan ma'muriy bayonnoma notöğri rasmiylaştirilgan deb topilişi kerak edi. Ammo, körinib turibdiki, YPX xodimlari Yöriqnomani yetarliça tuşunib yetmagan yoki ularga şunday qilişi lozimligi töğrisida notöğri körsatma berişgan.
Sözimiz yakunida biz Içki işlar vazirligining Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasidan yuqoridagi Yöriqnomani amaliyotda töğri qöllaş böyiça YPX xodimlariga, şuningdek DYHXXning tegişli xodimlariga tuşuntiriş berişlarini sörab qolamiz.
Ma'muriy bayonnomani rasmiylaştirişda «+5 km/soat» qoidasi inobatga olinmagan holatlar qayta körib çiqilişi va haydovçining foydasiga qayta hisob-kitob qilinişi kerak, deb hisoblaymiz.