Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Trampning Twitter sahifasida yozişiça, mamlakat hududida virusni yuqtirganlar soni ösayotganiga qaramay, yangi koronavirusdan ölim holatlari pasayişi kuzatilmoqda. 

“Xitoy virusi bilan zararlaniş soni ommaviy tekşiruvlar bois ortib boryapti. Ölimlar kamroq röy beryapti. Uning körsatkiçi past va barqaror. Soxta xabarlar tarqatuvçi OAV bu haqda xabar qilişlari kerak, şuningdek, yangi iş örinlari rekord örnatayotganini ham”, - deb yozgan Oq uy rahbari. 

Şu bugungi kungaça, Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, AQŞda yangi koronavirusdan 129,7 ming kişi hayotdan köz yumdi.