“Xitoy virusidan ölim darajasi 39 foizga pasaydi, bu vaqtda bizning tekşiriş dasturimiz jahonda yetakçilik qilişda davom etmoqda! Nima uçun yolğonçi OAV ölimlar soni sezilarli pasaygani haqida xabar bermaydi? Çunki, ular haqiqatda yolğonçi OAVdir!” – deb yozgan prezident.

U taqdim etgan ma'lumotlarga köra, Qöşma Ştatlarda kasallikdan vafot etiş holati “dunyoda deyarli eng quyi darajadadir”. “Bundan taşqari, AQŞda ölimlar soni sezilarli pasaydi, pandemiyaning çöqqisi bilan qiyoslaganda 10 baravar kamaydi”, - deb qöşimça qilgan davlat rahbari.

Biroq, The New York Times naşrining yozişiça, oxirgi ikki haftaning sönggi kunida virusni yuqtirganlar soni 39 ştatda ortgan. Bu körsatkiç faqatgina 2 ştatda pasaygan. Arizona, Texas va Florida ştatlarida esa, eng köp yuqtiriş holatlari qayd etilmoqda.