Unga köra, iyun oyidagi profitsitga eksport qisqarişi sur'atining 12 foizga sekinlaşuvi sabab bölgan. Ötgan oyda import miqdori 49 foizga pasaygan edi. Natijada Hindiston importi hajmi iyun oyida 21,1 mlrd dollarni taşkil etgan bölsa, 21,9 mlrd dollarlik mahsulotni eksport qilgan. 

Hindiston sönggi marotaba 2002 yil yanvar oyida savdoda ijobiy saldoga ega bölgan. Öşanda oradagi farq 10 mln dollarni taşkil etgan. 

Eksport hajmi qisqarişi koronavirus pandemiyasi bois joriy qilingan çeklovlar bosqiçma-bosqiç bekor qilinişi bois, mamlakat sanoatining öz faoliyatini tiklaşi bilan boğliq. Bu ayrim mahsulotlar, jumladan, temir rudasi va oziq-ovqatlar eksportini oşiriş imkonini bergan. 

Şu bilan birga, Hindiston iyun oyida transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar, pölat, xöjalik elektronikasi, paxta, matolar va qimmatbaho toşlar importini kamaytirgan. Mamlakat ötgan oyda avvalgi oy bilan taqqoslaganda neft importini 55 foizga kamaytirgan.