Taşkilotning mintaqaviy direktori Hans Klyuge tvitterdagi akkauntida Germaniyaning Frankfurt-Mayn şahridan Aşxobodga charter reys amalga oşirayotgan «Turkman aviayöllari» samolyoti suratini joylaştirgan.

JSST missiyasi Turkmanistonda 10 kun davomida böladi, bu muddat davomida mahalliy ma'murlar bilan koronavirus epidemiyasiga tayyorgarlikning turli jihatlari böyiça iş olib  boriş rejalaştirilgan. Delegatsiya tarkibida epidemiologiya va jamoat soğligini saqlaş sohalari vakillari bölgan 5 nafar xalqaro  ekspertlar örin olgan.

Taşkilot rasmiysi Katrin Smolvud uşbu mamlakatda virus kirib kelişining oldini olişga qaratilgan çoralar körilganini ta'kidlagan. 

JSST şu yilning 11 martda koronavirus pandemiyasi haqida e'lon qilgandi. Ayrim manbalar ma'lumotiga köra, koronavirus 2019 yil noyabridayoq tarqalişni boşlagan.

Turkmaniston Markaziy Osiyoda koronavirus rasman aniqlanmagan yagona davlat hisoblanadi. Bungaça JSST mutaxassislarining uşbu mamlakatga taşrifi bir neça marta qoldirilgandi.