Xitoy markaziy televideniyesi ma'lumotlariga köra, 2020 yilda OTMlarga kirişni istovçilar 2019 yilga nisbatan 400 mingga köproqni taşkil qilgan. Hukumat imtihon topşiruvçilar uçun 400 mingga yaqin auditoriyani hozirlagan va imtihonlar borişi ortidan kuzatiş uçun 945 mingga yaqin öqituvçi va nazoratçini jalb qilgan.
Pekinda atipik zotiljam avj olgan 2003 yildan beri birinçi marta uşbu imtihonlar koronavirus pandemiyasi sababli bir oy keçroq – iyulda ötkazilmoqda. Dunyodagi murakkab epidemiologik vaziyat sababli gaokao barça ehtiyot çoralari hisobga olingan holda ötkazilgan, hukumat öquvçilar xavfsizligini ta'minlaş uçun maksimal çoralar körgan.
Statistikaga köra, 2009 yildan 2019 yilgaça Xitoyda abituriyentlar soni har yili 9 mln atrofida bölgan. Abituriyentlar soni böyiça avvalgi rekord 2008 yilda qayd qilingan bölib, öşanda imtihonda iştirok etiş uçun 10,5 mln öquvçi ariza topşirgan.
Gaokao uçta majburiy fan – xitoy tili va xorijiy til, matematika va öz xohişiga köra yana bir fandan testni öz içiga oladi. U yozma test şaklida ötkazilib (xorijiy tildan taşqari), har bir fanga 1,5-2 soat vaqt beriladi. Imtihon natijalariga köra universitetlarga qabullar amalga oşiriladi. Aksariyat öquvçilar testlarga 1-2 yil avvalroq tayyorgarlik körişni boşlaydi.











