«2020 yil 8 iyul soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 838 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 161 nafari Qaşqadaryo viloyatida (şundan 127 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 34 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (şundan 3 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
7 iyul kuni jami 308ta yangi holat qayd etildi. Şundan 187 nafari karantin muassasalarida, 117 nafari aholi orasida, 4 nafari esa xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari orasida aniqlangan.
Şuningdek, Toşkent, Qaşqadaryo, Jizzax va Buxoroda jami 121 nafar bemor tuzaldi va şu vaqtgaça tuzalib çiqqanlar soni 6811 nafarga yetdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3986 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 24 nafari oğir, 13 nafari esa öta oğir ahvolda.












